Hamkorlikda reydlar o‘tkazilmoqda
Federatsiya va Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risida Memorandum asosida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasining 4-bandiga asosan joylarda yo‘l harakati ishtirokchilarining hayoti, sog‘ligi va mol-mulkiga ziyon yetkazilishini hamda yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida yo‘llarning sifati, yo‘l bo‘ylarida tashkil qilingan sport-sog‘lomlashtirish va boshqa madaniy-ko‘ngilochar maskanlarning yo‘lning qatnov qismi tomonlari tegishli ravishda himoyalanganligi va harakat xavfsizligiga xavf tug‘dirmaydigan darajadaligi, serqatnov yo‘llarga, shuningdek harakat gavjum bo‘lgan ichki yo‘llarga o‘rnatilgan sun’iy notekisliklarni qonun hamda tegishli normalar talablariga javob berishi, yo‘l kesishmalari (chorrahalar)da svetoforlar, yo‘l belgilari, yo‘l chiziqlarining amaldagi normalar talablariga javob berishi holatlarini hamkorlikdagi reydlar vositasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Shunday hamkorlikdagi reydlar Toshloq tumanida ham o‘tkazildi. O‘rganish ishlari, tanlama asosda, Paxtakor ko‘chasi (“4R 127 A Marg‘ilon shimoliy aylanma avtomobil yo‘li”)da joylashgan 9-maktab, A.Navoiy ko‘chasi (“4R 140 Marg‘ilon-Quva-Marhamat avtomobil yo‘li”)da joylashgan tuman Dehqon bozori, ixtisoslashtirilgan maktab hamda 8-maktab hududlari yonida o‘tkazilib, yo‘lning, yo‘l chiziqlari va yo‘l belgilarining, shuningdek chorrahalardagi svetorforlarning joriy holati, harakat ishtirokchilari tomonidan yo‘l harakati qoidalariga amal qilinishi holatlari kuzatuvdan o‘tkazildi.
Kuzatuvlar davomida ko‘chalarning 9-maktab va ixtisoslashtirilgan maktab atrofidagi qismlari ta’mirtalab holatdaligi, 9-maktab yonidagi tezlikni pasaytirishga xizmat qiluvchi «sun’iy notekislik» amaldagi tartib-qoidalarga ko‘ra «1.31.-Sun’iy yo‘l notekisligi» yo‘l belgisi bilan jixozlangan hamda tegishli ruxsatlarni olgan holda tashkil qilingan bo‘lsada, kartalarda aks ettirilmaganligi, o‘rganishlar o‘tkazilgan ko‘chalardagi yo‘l chiziqlari o‘chib ketganligi holatlari kuzatildi.
Shuning bilan birgalikda, o‘rganilgan hududlarda piyodalar o‘tishi uchun «1.20.-Piyodalar o‘tish joyi», «1.21.-Bolalar», «1.14.2.- (oq rangli «zebra»)» va «1.14.2.- (oq-sariq rangli «zebra»)» yo‘l belgilarining o‘rnatilganligi, yo‘l belgilarining joriy holatlari va harakat ishtirokchilari tomonidan ularga amal qilinishi holatlari ham kuzatuvdan o‘tkazildi.
Shohistaxon Rahimova,
tuman jamiyati bosh mutaxassisi.
Post Comment