Farg‘ona viloyatida 7 ta nodavlat notijorat tashkilotlari davlat grantlari sohiblari bo‘ldilar

Farg‘ona viloyatida 7 ta nodavlat notijorat tashkilotlari davlat grantlari sohiblari bo‘ldilar

Ma’lumki, Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi huzuridagi Jamoat fondi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan, Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi “Jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy salohiyatini yanada yuksaltirishda jamoat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida joriy yilning avgust oyi yakunida Davlat granti uchun 2–3 tanlovini e’lon qilgan edi.

Tanlovga davlat ro‘yxatidan o‘tgan fuqarolik jamiyati institutlari jumladan, Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini yanada rivojlantirish, davlat tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish, ularni davlat granti va davlat ijtimoiy buyurtmalarida ishtirok etishlarida uslubiy yordamlarni ko‘rsatish; Korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlarida nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokini kengaytirish, ularni sohaga oid o‘zgarishlardan xabardor qilib borish; Internet tarmog‘ida “O‘zbekligim-o‘zligim”, “Milliylik-millat brendi” shiori ostida milliy va zamonaviy o‘zbekona fotolar jamlangan alohida sigmentni yaratish; Aholining hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash maqsadida, oilaviy biznes, xususiy tadbirkorlik, kasanachilik, xalq hunarmandchiligini rivojlantirish; Toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan qishloqlardagi mahallalarda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash; Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini keng targ‘ib etishda jamoat tashkilotlari faolligini oshirish”; Atrof muhitni muhofaza qilish, aholini ekologik bilimlarini oshirish, ekologik ta’lim tarbiyani shakllantirish yo‘nalishlardagi loyihalar qabul qilindi.

2023 yilning 30 avgust kunidan 2 oktyabrgacha davom etgan hujjatlarni qabul qilish jarayonida viloyat bo‘yicha jami 33 ta grant loyihalar topshirildi.
Bulardan 5 ta loyiha ommaviy axborot vositalaridan, 25 ta loyiha NNT vakillaridan va 3 ta loyiha MFY lardan kelib tushgan.

Mazkur loyihalar Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasi a’zolari tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Yosh nixol” nodavlat notijorat tashkilotining ”Xamkorlik bilan kuchli fuqarolik jamiyati quramiz!” loyihasiga (50 million so‘m), O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faxriylari kengashi Farg‘ona viloyat hududiy bo‘linmasining “Korrupsiyasiz – kuchli fuqarolik jamiyati sari” loyihasiga (49 900 000 so‘m), “Farg‘ona Nihol” gazetasining “Milliy qadriyatlar e’zozimizda” loyihasiga (50 million so‘m), “Fermer va tomorqachi” gazetasining “Vaqtincha ishsiz aholini, ayniqsa yoshlar va xotin qizlarni oilaviy tadbirkorlik, shuningdek, uy xo‘jaligida chorvachilik, dehqonchilik va bog‘dorchilikni tashkil etishga jalb qilish” loyihasiga (50 million so‘m), “Shoximaradonobod suv” nodavlat notijorat tashkilotining “Shoximardanobod qishlog‘ida eskirgan plastmassa trubalarini almashtirib ekologik xavfsizlikni ta’minlash, ya’ni suvni vaqtida uzilishsiz berish” loyihasiga (50 million so‘m), O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Beshariq tuman jamiyatining “Sog‘liging o‘z qo‘lingda” loyihasiga (50 million so‘m), O‘zbekiston Respublikasi “EKOSAN” Ekologiya va salomatlik xalqaro xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati xududiy bo‘limining “Sog‘lom ekologik muhitni birgalikga yaratamiz” loyihalari (49 400.000 mln so‘m) g‘olib deb topildi.

Viloyat Jamoat fondi tomonidan jami 7 ta davlat grant loyihasi uchun 349 300 000 so‘m mablag‘ ajratildi.

Viloyat Jamoat fondi

Post Comment