Viloyat sudlarining 9 oylik faoliyati tahliliga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Viloyat sudlarining 9 oylik faoliyati tahliliga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona viloyat sudlarining 2023 yil 9 oylik faoliyat yakunlari yuzasidan jurnalistlar va jamoatchilik vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari tizimida matbuot va axborot yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan xodimlar ham ishtirok etdilar.

Anjumanda joriy yilning to‘qqiz oyi davomida jinoyat, ma’muriy, fuqarolik ishlari bo‘yicha va iqtisodiy sudlar tomonidan hisobot davrida ko‘rilgan jinoyat, ma’muriy, fuqarolik hamda iqtisodiy ishlar tahlili, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan chiqarilgan ayblov hukmlari, jazo amaliyoti, ishlarni yuqori instansiyalarda ko‘rilish ahvoli, oqlov hukmi, sudlanganlik holati, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning tahlili, huquqiy targ‘ibot ishlari, jismoniy va yuridik shaxslar vakillari qabuli, Memorandumlar ijrosi, qonunchilikdagi yangiliklar hamda sohaga oid boshqa ma’lumotlar haqida atroflicha axborotlar berib o‘tildi.

Axborot beruvchilar har bir yo‘nalish bo‘yicha jinoyat va huquqbuzarliklarning ortishi yoki kamayishi holatlari, bularni keltirib chiqarayotgan omillar, qonunbuzilishi holatlarini, shuningdek fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlari poymol qilinishini oldini olish bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini ham bildirib o‘tib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar ham qaytardilar.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Post Comment