Xonadonda internet tarmog‘ida yuzaga kelayotgan muammo bartaraf etildi
Rishton tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Farovonlik» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro R. E. ning internet xizmatlaridan foydalanishda yuzaga kelayotgan muammoni hal qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste’molchiga ko‘ra, u Uzmobile kompaniyasi internet xizmatidan foydalanib kelgan va oradan ma’lum vaqt o‘tib xonadonda internet tezligi pasayib ketgach, bu borada kompaniya operatoriga murojaat qilgan bo‘lsada, mutaxassislar tomonidan xonadonga tashrif buyurilib, internet sozlab berilmagan. Shundan so‘ng ushbu masalada amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab tuman jamiyatiga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Uning oylik abonent to‘lovlaridan qarzdorligi yo‘q, to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirib keladi.
Tuman jamiyati mutaxassislari mazkur murojaat yuzasidan amaldagi o‘zida amaldagi qonunchilik talablarini aks ettirgan so‘rov xatini Telekommunikasiyalar bog‘lanmasiga kiritgach, ushbu tashkilotdan iste’molchi xonadoniga tashrif buyurgan mutaxassislar tomonidan internet tarmog‘i va uskunalar tekshirishdan o‘tkazilib, tarmoqda yuzaga kelayotgan nuqsonlar tezkorlikda bartaraf qilib berildi. Murojaati e’tiborsiz qoldirilmagani va ijobiy yechim topganidan xursand bo‘lgan iste’molchi tuman jamiyati mutaxassislariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Xusniddin Latipov,
tuman jamiyati bosh mutaxassisi.
Post Comment