Xarid qilingan «mashina»da nuqson aniqlangach, uning uchun to‘langan pul qaytarib olindi

Xarid qilingan «mashina»da nuqson aniqlangach, uning uchun to‘langan pul qaytarib olindi

Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Yangiturmush» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi D.I.ning farzandi uchun xarid qilgan o‘yinchoq mashina nusqonli chiqqanligi haqidagi murojaati o‘rganildi.

Iste’molchi ma’lum qilishicha, u tuman markazidagi bolalar o‘yinchoqlari bilan savdo qiluvchi do‘kondan farzandi uchun 70 ming so‘mga o‘yinchoq mashina xarid qilgan. Lekin o‘yinchoq uyga olib kelinganida unda nuqsoni mavjudligini aniqlagan. Shundan so‘ng tovarni sotuvchiga olib kelib almashtirib berilishi yoki pulini qaytarilishini so‘raganida uning mazkur talablari bajarilmagan.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, iste’molchi xarid qilgan tovarida nuqsonlarni aniqlaganida uni maqbul sifatdagisiga almashtirilishini, nuqsonlar bepul bartaraf etilishini yoki puli qaytarilishini talab qilish huquqiga ega. Tuman jamiyati mutaxassislari murojaat asosida savdo do‘koni sotuvchisi bilan uchrashib unga qonunchilikning yuqoridagi talablarini tushuntirganlaridan so‘ng, nuqsonli tovar sotuvchiga, uning uchun to‘langan pul esa iste’molchiga qaytarilishiga erishildi.

Dilobar Dadaxonova,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Post Comment