Gaz idorasi iste’molchiga bir million so‘m ma’naviy zarar to‘laydigan bo‘ldi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudida Farg‘ona tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan iste’molchi Sh.T.ning manfaatini ko‘zlab, unga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish yuzasidan kiritilgan da’vo arizasi ko‘rib chiqildi. Ishni sudda ko‘rilishi yakunlariga ko‘ra, iste’molchi Sh.T. zimmasiga yuklatilgan assosiz qarzdorlik summasini bartaraf qilish va unga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun 1 000 000 so‘m undirilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Federatsiyaning Farg‘ona tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan iste’molchining tuman jamiyatiga qilgan murojaati o‘rganilganda, tuman gaz idorasi abonentga nisbatan joriy yilning fevral oyida 4 012 000 so‘m qarzdorlik hisoblagani, iste’molchining gaz idorasiga qilgan murojaati ortidan ushbu summaning 2 681 217 so‘m qismi asossiz qarzdorlik deb e’tirof etilib, xatlovga olingani, qolgan 1 140 608 so‘mini esa to‘lash majburiyati yuklatilgani ma’lum bo‘lgandi. O‘tkazilgan hisob-kitoblar iste’molchining to‘lovlarni amalga oshirib borganini, yuqoridagi qarzdorlik summalarining asossizligini ko‘rsatganidan keyin sudga da’vo ariza kiritilgandi.
Sud qarori bilan «Hududgaz Farg‘ona» GTF Farg‘ona tuman bo‘limining iste’molchi Sh.T.ga nisbatan 09.02.2024 yil kunidagi 041-sonli dalolatnomaga asosan 4 012 000 so‘m qarzdorlik hisoblash, 28.02.2024 yil kungi 5-sonli javob xati bilan 1 340 608 so‘m qarzdorlik hisoblash qonunga xilof va haqiqiy emas deb topilib, gaz idorasi zimmasiga iste’molchi Sh.T.dan qarzdorlikni chiqarish va unga yetkazilgan bir million so‘m ma’naviy zararni qoplab berish yuklatildi.
Umidaxon Jamolova,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Post Comment