1-қисм. Исмад синфдошига йўл кўрсатди

1-қисм. Исмад синфдошига йўл кўрсатди

Ismad bir kuni ko‘chaga chiqib qoldi. Uyi yonida sinfdoshini uchratdi. Qo‘lida buzilib qolgan fen bor edi, o‘zi esa jahli chiqqan ko‘rinardi.

— Nima gap, nega xomushsan? — so‘radi Ismad.
— O‘tgan oyda shu fenni olgandim. Sotuvchi “kafolati yo‘q” degandi. Mana endi buzilib qoldi. Pulimni yana ta’mirlashga sarflaymanmi? — dedi sinfdoshi.
Ismad jilmayib qo‘ydi:
— Asabiy bo‘lma, do‘stim. Qonunga ko‘ra, uzoq muddat foydalaniladigan barcha tovarlarga kafolat muddati belgilanadi. Agar belgilanmagan bo‘lsa, olti oy davomida baribir kafolatli mahsulotdagidek huquqlarga egasan.
— Rostdanmi? Qaerdan bilasan buni? — deb hayron bo‘ldi sinfdoshi.
— O‘qish kerak, birodar, — dedi Ismad va telefonidan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 13-moddasini ko‘rsatdi.

Demak, sotuvchi “kafolati yo‘q” deb aytsa ham, iste’molchi qonun oldida o‘z huquqlariga ega!

Post Comment

Sizga qiziqarli bo'lishi mumkin