Bilimli iste’molchi — himoyalangan iste’molchi!

Bilimli iste’molchi — himoyalangan iste’molchi!

Mazkur infografika ma’lumotlari bilan tanishib, O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun (O‘RQ 221-I-son 26.04.1996) asoslaridan xabardor bo‘ling.

Huquqlaringizni o‘z o‘rnida talab qilishdan iymanmang. Har doim, birinchi navbatda, huquqlaringiz buzilishiga yo‘l qo‘yayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs — sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi)ga murojaat qilib o‘z talablaringiz, e’tirozlaringizni bildiring. Ularga murojaat yoki e’tirozingizni yozma ravishda bildirishga harakat qiling yoki bildirilgan e’tiroz yoki shikoyatni qabul qilinganini tasdiqlovchi biror belgi (asos) qilib oliga intiling. Bu kelgusida nizoli holat ko‘rib chiqilishida tarozi pallasini Sizning tomoningizga og‘ir bosishida muhim rol o‘ynaydi.

Lozim o‘rinlarda iste’molchilar huquqlarini himoya qiluvchi vakolatli davlat idorlari va jamoat tashkilotlariga, shuningdek sudga murojaat qilishingiz mumkin.

Unutmang, bilimli iste’molchi — himoyalangan iste’molchidir!

Agar iste’molchi sifatidagi huquqlaringiz buzilsa, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali og‘zaki yoki telefoningiz brauzeri oynasiga murojaat.istemol.uz ni terib elektron shaklda murojaat qoldirishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Отправить комментарий