Quvasoy shahrida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarni himoya qilish jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 martdagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqiy va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-5012-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 414-sonli qarori asosida aholi (iste’molchilar) murojaatlari bilan ishlash, aholining muammolarini tizimli o‘rganish va aniq hal etilishida samarali jamoatchilik nazorati o‘rnatilishini ta’minlash maqsadida ijtimoiy sheriklik asosida Federatsiyaning Tayanch guruh (boshlang‘ich tashkilot) larini tashkil etish yuzasidan aholining huquqiy ongi, iste’mol madaniyatini yanada oshirish, bu sohada amalda bo‘lgan qonunlar mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida uchrashuvlar, yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri shahardagi 11-sonli Bolalar musika maktabi o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazildi. “Iste’molchilar huquqlari qonun himoyasida” shiori ostida tashkillanayotgan mazkur tadbirlarda ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlari mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan atroflicha javoblar ham qaytarildi.
Shuxratjon Qoraboyev
Quvasoy shahar IHHQ jamiyati raisi
Отправить комментарий