Qaytim olyapsizmi, xaridor? || So‘rovnoma

Qaytim olyapsizmi, xaridor? || So‘rovnoma

Mazkur video USAGM Workshops in Uzbekistan loyihasi doirasida «Savdo va xizmat sohasida naqd pul muomalasi: cheklanishlar va yo‘qotishlar» mavzusi uchun tayyorlandi.

Ma’lumki, bugungi kunda tovar (ish, xizmat)lar haqini to‘lashda naqd pulsiz ko‘rinishdagi to‘lovlarning shakllari va ularning umumiy to‘lovlardagi ulushi kundan-kunga ortib bormoqda. Lekin mamlakatimizda naqd pulli asosdagi hisob-kitoblar hali-hanuz dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q.

Shu nuqtai nazardan, «Savdo va xizmat sohasida naqd pul muomalasi: cheklanishlar va yo‘qotishlar» mavzusini yoritishda aholi vakillari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdik. So‘rovnoma 1 ta savolga 3 ta javob variantidan iborat shaklda bo‘ldi:

Savol:

— Savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida (do‘konlar, oshxonalar, dorixonalar, maishiy xizmat ob’ektlari, jamoat transportida va b.) oldi-sotdi amalga oshirilgach (xizmatlar ko‘rsatilgach), 50 so‘mdan 1000 so‘mgacha bo‘lgan qaytim Sizga pul (tanga) ko‘rinishida beriladimi?

Javob variantlari:

A) ha, hech qanday muammosiz, mening ogohlantirishimsiz pul (tanga) ko‘rinishida beriladi;

B) ha, biroz muammolar bilan bo‘lsada, pul (tanga) ko‘rinishida beriladi, lekin ko‘pincha turli saqich, gugurt, konfet, tabletka va boshqalar ko‘rinishida olishga to‘g‘ri keladi;

V) yo‘q qaytimni pul (tanga) ko‘rinishida berilmaydi, hohlasang-hohlamasang turli saqich, gugurt, konfet, tabletka va boshqalarni qaytim sifatida olasan yo bo‘lmasa qaytimdan voz kechasan.

G‘ayrat Mamatkulov
Hududiy birlashma Axborot xizmati rahbari,
mustaqil tadqiqotchi

Отправить комментарий