Tadbirkorlik sub’ekti faoliyatiga amaliy yordam ko‘rsatildi
Yozyovon tumanida yashovchi M.M. ning elektr ta’minoti korxonasi tomonidan hisoblanayotgan qarzdorlikka aniqlik kiritilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonun asosida o‘rganildi.
Fuqaro murojaatida ma’lum qilishicha, M.M. tasarrufida Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish binosi bo‘lib, elektr ta’minoti korxonasi tomonidan ushbu ob’ektda iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun 15 142 379 so‘m qarzdorlik hisoblangan.
Murojaat asosida o‘tkazilgan o‘rganishlar jarayonida amalga oshirilgan qayta hisob-kitoblar esa qarzdorlik summasi aslida 10 142 379 so‘mni, ya’ni dav’o qilingan qarzdorlik summasidan 5 mln so‘mga kam bo‘lgan summani tashkil qilishini ko‘rsatdi. O‘rganish ishlari davomida tomonlarga amaldagi qonunchilik talablari targ‘iboti olib borilib, fuqaro M.M.ga yuzaga kelgan qarzdorlikni tezkorlikda bartaraf etish choralarini ko‘rishi lozimligi tushuntirildi.
Shavkatjon Saidov
Yozyovon tuman jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий