Jamiyat aralashuvi bilan talabaning muammosi hal qilindi

Jamiyat aralashuvi bilan talabaning muammosi hal qilindi

Bag‘dod tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shu tumanda istiqomat qiluvchi talaba G.O‘. ning ta’lim kreditiga taalluqli masalada yuzaga kelgan muammoni hal qilinishida amlaiy yordam ko‘sratilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.

Murojaatchining ma’lum qilishicha, u 2022 yilning oktyabr oyida Xalq bankining Bag‘dod filialiga 7 472 630 so‘m ta’lim krediti olish uchun hujjat topshirgan. Bank muassasasi tomonidan unga shu maqsadlar uchun noyabr oyida kreditning bir qismi, ya’ni 3 736 315 so‘m o‘tkazdirib berilib, qolgan summasini joriy yilning yanvar oyiga o‘tib o‘tkazib berilishi va’da qilingan. Lekin talaba mazkur masalada amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab Bag‘dod tuman jamiyatiga murojaat qilgan 31 mart kuniga qadar ham ushbu summani o‘tkazib berish ishlari nihoyasiga yetkazilmasdan kelgan.

Murojaatni o‘rganish davomida tuman jamiyati mutaxassislarining masalaga aralashuvi bilan talabaning muammosi tezkorlikda hal etilib, ta’lim kreditining qolgan summasini talabaning o‘quv yurti maxsus hisob raqamiga o‘tkazib berilishiga erishildi.

Diloram Mirzayeva
Bag‘dod tuman jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий