Mas’ullarga aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarda uzilishlarga yo‘l qo‘yilmasligi bo‘yicha tavsiyalar berildi
Bag‘dod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Qo‘shchinor» MFY hududida yashovchi M.X. hamda «Namuna» MFY hududida yashovchi A.A.larning chiqindilarni olib ketish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxona xizmatlaridan norozi bo‘lib qilgan murojaatlari o‘rganildi.
Iste’molchilar o‘z murojaatlarida so‘nggi kunlarda chiqindilarni olib ketish grafigiga amal qilinmasligi holatlari kuzatilayotganligini, ushbu holatga hamda ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning qonuniyligiga oydinlik kiritib berilishini so‘raganlar.
O‘rganishda ushbu ikki MFYlar aholisiga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari 2021 yil 22 fevraldagi davlat xususiy sheriklik asosidagi 7-A-sonli bitimga asosan «Agro Rishton Ta’mir Servis» MChJ tomonidan ko‘rsatilishi, yuqoridagi ikki mahalla ma’muriyati bilan bu borada ommaviy shartnomalar imzolanganligi ma’lum bo‘ldi. MChJ tomonidan o‘rganish ishlariga taqdim qilingan 362-sonli ma’lumotnomada yuqoridagi mahallalarga biriktirilgan maxsus texnikalarni texnik sozlash ishlari olib borilganligi uchun ushbu hududlarda grafikdan chetga chiqish holatlari yuzaga kelganligi, hozirda korxonaga qarashli texnikalar to‘liq soz holatdaligi va bundan keyin belgilangan grafikka to‘liq amal qilinishi ma’lum qilindi.
O‘rganish ishlari davomida korxona mas’ullariga amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti olib borilib, grafikka amal qilinishini qat’iy nazoratga olish, turli sabablar bilan grafikdan chetga chiqish holatlari yuzaga kelganda MFYlar mas’ullari vositasida aholini xabardor qilib borish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Dilorom Mirzayeva,
tuman jamiyati bosh mutaxassisi.
Отправить комментарий