Milliy forum doirasida assosiasiyaning yangi a’zolariga guvohnomalar ham topshirildi
Bugun Toshkent shahrida “Inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlashda nodavlat notijorat tashkilotlari va davlat organlarining hamkorligi” mavzusida Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy forumi bo‘lib o‘tdi. Uning ishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi studiyalaridan hududiy NNTlar vakillari ham qatnashdilar.
Forum yakunida inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilish sohasida ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun bir qator faol nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini taqdirlash marosimi ham o‘tkazilib, xuddi shunday marosim Farg‘ona viloyat studiyasida ham tashkillandi.
Shuningdek, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasiga a’zo bo‘lib kirgan bir qator NNTlarga, shu jumladan Federatsiyaning viloyatdagi Marg‘ilon shahri, Toshloq, Yozyovon, Quva va Rishton tuman jamiyatlari rahbarlariga Assosiasiyaga a’zolik guvohnomalari ham tantanali ravishda topshirildi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий