Botulizm va uni oldini olish masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan «Botulizm va boshqa ovqatdan zaharlanish holatlarini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ta’kidlandiki, aholi vakillarida botulizm kasalligi asosan uy sharoitida tayyorlangan turli sabzavot va meva konservalarini iste’mol qilish oqibatida kelib chiqishi to‘g‘risida tushunchalar bo‘lsada, lekin mavsum paytida, ya’ni uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish davri hisoblanuvchi noyabr’ oyidan boshlanib, may oyigacha bo‘lgan davr oralig‘ida bu turdagi kasalliklarga chalinish holatlari qayd qilinmoqda. Shundan kelib chiqqan holda hamda aholini bunday kasalliklarga chalinishini oldini olish maqsadida tizim mutaxassislari tomonidan aholi, korxona, tashkilotlar ishchi xodimlari o‘rtasida uy sharoitida konserva mahsulotlarini tayyorlamaslik, ularni belgilanmagan joylardan xarid qilib olmaslik, bunday mahsulotlarni savdo do‘konlaridan xarid qilinayotgan vaqtda mahsulot yorlig‘ining mavjudligi va undagi ishlab chiqaruvchi korxona nomi, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddatlariga e’tibor qaratish kabi masalalarda tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda.
Tadbir doirasida unda ishtirok etgan OAV hamda jamoatchilik vakillarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar qaytarilib, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Farg‘ona shahar bo‘limi laboratoriyalari press-tur ham tashkillandi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий