O‘n bitta xonadonni qiynab kelgan muammoga yechim topildi

O‘n bitta xonadonni qiynab kelgan muammoga yechim topildi

Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan fuqaro I.N. tumandagi «Konizar» mahallasining o‘zlari istiqomat qiladigan ko‘chasidagi 11 ta xonadonni elektr energiyasidan samarali va xavfsiz foydalanishlarida qiyinchilik tug‘dirayotgan muammoni bartaraf etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragandi.

Murojaat tuman elektr ta’minoti korxonasi mas’ullari bilan hamkorlikda o‘rganilganda, haqiqatdan ham mazkur xonadonlar elektr energiyasidan tomma-tom ulangan holda foydalanib kelayotganliklari, ko‘chaga tayanchlar o‘rnatilmaganligi, ushbu holat fuqarolarga muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqarayotganligini ma’lum bo‘ldi.

O‘rganish ishlari davomida tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan demontaj qilingan va iste’molga yaroqli bo‘lgan tayanchlardan mazkur xonadonlar joylashgan ko‘chaga o‘rnatilishiga va 0,4 kVli havo uzatmasi tortilishiga erishildi.

Shohistaxon Raximova,
tuman jamiyati mutaxassisi.
(illyustrativ foto)

Отправить комментарий