Huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Bag‘dod tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tumandagi 47-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida huquqiy targ‘ibot tadbirini o‘tkazdilar.

Tadbir avvalida tashkilot direktori Gulchehra Asronqulova mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ushbu jarayonda jamoatchilik nazoratining tutgan o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Tuman jamiyati mutaxassisi Dilorom Mirzaeva O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati haqida gapirar ekan, tashkilotlarda Federatsiyaning tayanch guruhlari (boshlang‘ich tashkilotlari) faoliyat olib borishining ijobiy tomonlari, mazkur tayanch guruhlarining vazifalari to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tib, Federatsiya hududiy tashkilotlarining vazifalari, ularning Federatsiya boshlang‘ich tashkilotlari bo‘lgan tayanch guruhlari bilan hamkorligining o‘ziga xos tomonlari haqida tadbir ishtirokchilariga batafsil tushuntirishlar berib o‘tdi.

Tadbir yakunlariga ko‘ra tashkilot hamda tuman jamiyati o‘rtasida ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkalashga kelishib olindi.

Qahramon O‘rinov,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий