Maktabgacha ta’lim tashkilotida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Maktabgacha ta’lim tashkilotida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona tuman jamiyati tomonidan hududdagi 32-maktabgacha ta’lim tashkilotida targ‘ibot tadbiri tashkillanib, unda ta’lim tashkiloti xodimlari ishtirok etdilar.

«Ayol va jamiyat» mavzusida o‘tkazilgan mazkur tadbirda mamlakatimizdagi fuqarolik jamiyati institutlari, xususan Federatsiya faoliyatida ayollarning faol ishtirokini ta’minlash, ularning iste’molchilik huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, iste’molchilik huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalarida so‘z bordi.

Tadbir doirasida yurtimiz aholisi, jumladan xotin-qizlarga “Inson qadri uchun” tamoyili asosida yaratib berilayotgan imkoniyatlar, ulardan to‘g‘ri va samarali foydalanish yo‘l-yo‘riqlari, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ayollarning faolligini yanada oshirish masalalari yuzasidan fikr va mulohazalar ham almashildi.

Umidaxon Jamolova,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий