Sifatsiz eshik va romlar bo‘yicha murojaat qisqa muddatda ijobiy hal etildi

Sifatsiz eshik va romlar bo‘yicha murojaat qisqa muddatda ijobiy hal etildi

Yozyovon tumanida yashovchi fuqaro B.M. tomonidan eshik va rom yasash ustaxonasi faoliyatidan norozi bo‘lib qilingan murojaat tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganib chiqildi va iste’molchining qonuniy manfaatlari tiklandi.

Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro yashash xonadoni uchun 1 dona eshik hamda 2 dona rom tayyorlatish maqsadida usta bilan og‘zaki kelishuvga erishib, 3 million 150 ming so‘m mablag‘ni oldindan to‘lab bergan. Usta eshik va romlarni qisqa muddatda tayyorlab yetkazib berishini bildirgan.

Biroq belgilangan vaqtda olib kelingan mahsulotlar iste’molchining talabiga javob bermagan. Xususan, eshik va romlar avval kelishilgan materialdan tayyorlanmagani, mahsulot sifati past ekani hamda bajarilgan ish iste’molchini qoniqtirmagani ma’lum bo‘lgan. Fuqaro xizmatni qayta sifatli qilib berish yoki to‘langan mablag‘ni qaytarishni talab qilgan.

Mazkur murojaat amaldagi qonunchilik talablari asosida o‘rginilishi jarayonida iste’molchi va xizmat ko‘rsatuvchi o‘rtasida suhbat o‘tkazilib, taraflarning huquq va majburiyatlari tushuntirilishi bilan, ustaxona xodimlari o‘z zimmasidagi majburiyatlarni tan olib, iste’molchiga eshik va romlarni qaytadan, kelishilgan o‘lcham va sifat talablari asosida tayyorlab berishga rozilik bildirgan hamda mahsulotlarni qayta tayyorlab, xonadonga o‘rnatib berish majburiyatini o‘z zimmasiga olib, muammoni tezkorlikda bartaraf etilishiga erishilgan.

Hurmatli iste’molchi! Sizda ham iste’mol sohasiga oid masalalarda muammolar mavjudmi? Unda Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali haftaning dushanba-juma kunlari soat 09-00 dan 18-00 ga qadar murojaatlaringizni og‘zaki shaklda, telefoningiz (yoki kompyuteringiz) brauzeri oynasiga murojaat.istemol.uz ni terish yo‘li bilan esa sutkaning istalgan vaqtida elektron shaklda murojaat qoldirishingiz mumkin

Отправить комментарий