Tibbiyot texnikumi öqituvçilariga iste’molçilar huquqlari böyiça tuşuntirişlar berildi
Farğona şahar iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyati taşabbusi bilan 2-son Farğona şahar Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisidagi qonunçilik mazmun-mohiyatiga bağişlangan tarğibot tadbiri ötkazildi.
Unda texnikum öqituvçilari iştirok etib, iste’molçilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan qonunçilik talablari yuzasidan ma’lumotlarga ega böldilar.
Tadbirda ta’kidlanganidek, bugungi kunda iste’molçilik munosabatlari har bir inson hayotining ajralmas qismiga aylangan. Oziq-ovqat va maişiy tovarlarni xarid qiliş, kommunal hamda boşqa xizmatlardan foydalaniş, onlayn savdo orqali mahsulot buyurtma qiliş jarayonlarida fuqarolarning huquqiy bilimga ega bölişi muhim ahamiyat kasb etadi.
Şu nuqtai nazardan, iştirokçilarga Özbekiston Respublikasining «Iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi Qonunida belgilangan asosiy huquqlar, jumladan, tovar va xizmatlar haqida töğri hamda töliq ma’lumot oliş, sifatli va xavfsiz mahsulotni tanlaş, yetkazilgan zararni qoplaşni talab qiliş va huquqlari buzilgan taqdirda qonuniy himoya vositalaridan foydalaniş masalalari tuşuntirildi.
Şuningdek, tovar xarid qiliş yoki xizmatdan foydalanişda şartnoma şartlarini diqqat bilan örganiş, tölov hujjatlarini saqlaş, reklama va takliflardagi ma’lumotlarni tekşiriş hamda iste’molçi sifatida öz huquqlarini biliş zarurligiga e’tibor qaratildi.
Ta’kidlaş joizki, iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş borasidagi tarğibot işlari nafaqat huquqbuzarliklarning oldini oliş, balki aholi örtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirişga ham xizmat qiladi. Ayniqsa, ta’lim muassasalarida bunday tadbirlarni taşkil etiş öqituvçilarning huquqiy xabardorligini oşiriş va ular orqali keng jamoatçilikka zarur bilimlarni yetkazişda muhim örin tutadi.
Mazkur tadbir iste’molçilarning huquqiy savodxonligini oşiriş, qonunçilik talablarini keng tarğib qiliş va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan işlar izçil davom ettirilayotganining amaliy ifodasi böldi.



Отправить комментарий