Tumandagi ta’lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Tumandagi ta’lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Rishton tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumandagi kasb-hunar hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari ishtirokida “Iste’molchi huquqlari qonun himoyasida” va boshqa shu kabi mavzularda o‘quv seminari va davra suhbatlari o‘tkazib kelinmoqda.

Ushbu tadbirlar davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunlar va sohaga oid qonunosti me’yoriy hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tilmoqda.

Shuning bilan birgalikda, yuqoridagi qonunlar ijrosini ta’minlash, ularning ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati olib borish, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham axborotlar berib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarining sohaga oid masalalardagi savollariga javoblar qaytarilmoqda.

Abrorjon Sobirov
Rishton tumani IHHQ jamiyati raisi, tuman kengashi deputati

Отправить комментарий