Birinchi chorak yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
Hududiy birlashma Kengashining 2021 yil 1-chorak yakunlariga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda birlamchi hududiy birlashma raisi Axrorjon Raxmonaliev Federatsiya Kengashining 2021 yil 9 apreldagi 2/21-sonli yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan masalalar va ular yuzasidan qabul qilingan qarorlar bo‘yicha viloyat Kengashi a’zolariga atroflicha axborotlar berib o‘tdi. Yig‘ilish Federatsiya Kengashi qarorlarini rahbarlik va ijro uchun qabul qildi.
Shuningdek, hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlarining joriy yil birinchi choragi davomida amalga oshirgan ishlari tanqidiy tahlil qilindi. Yig‘ilishda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, targ‘ibot va tashviqot ishlarini yetarli darajada olib borilmayotganligi ko‘rsatib o‘tilib, bu borada tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularni tizimli hal qilish, sohaga oid qonunlar va qonunosti me’yoriy hujjatlari mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazilishini ta’minlash maqsadida tizimda joriy yil may oyi «Murojaatlar bilan ishlash oyligi» deb e’lon qilinishi tavsiya etildi va tasdiqlandi.
Kengash yig‘ilishi o‘z vakolati doirasidagi boshqa tashkiliy va joriy masalalarni ko‘rib chiqdi va ular yuzasidan tegishli qarorlarni qabul qildi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий