Tibbiyot muassasalaridagi tadbirlar davom ettirilmoqda
Uchko‘prik tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari hududiy birlashmaning hududdagi tibbiyot muassasalarida amaldagi qonunchilik talablari ijrosini ta’minlanganligi holati bilan tanishish maqsadida o‘tkazilayotgan o‘rganishlar doirasida ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikaning Yakkatut hududida «Iste’molchi huquqlari qonun himoyasida» mavzusida davra suhbati o‘tkazishdi.
Tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berish barobarida, yurtimizdagi iste’molchilik ijtimoiy harakati, Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan mazkur harakatni yanada rivojlantirish, iste’molchilarning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar xususida ham axborotlar berib o‘tildi.
Tadbirlarda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar va huquqiy maslahatlar olishdi.
Nargizaxon Sheralieva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий