Ochiq muloqot o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi rahbari hamda viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan 2022 yilning 3-choragida o‘tkaziladigan media tadbirlar rejasiga asosan «Iste’molchilar murojaatlarida qaysi sohalar bo‘yicha muammolar ko‘proq ko‘tarilmoqda? (tizim tashkilotlariga kelib tushayotgan murojaatlar misolida)» mavzusida ochiq muloqot o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, mazkur tadbir hududiy birlashmaning doimiy hamkorlaridan biri — O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamentining viloyat hududiy bo‘limi bilan hamkorlikda va departament binosida o‘tkazildi.
Tadbirni o‘tkazish rejasiga ko‘ra, ishtirokchilarga dastlab hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlariga iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish agentligining viloyatdagi tashkilotlari bilan olib borilayotgan hamkorlik masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.
Hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi va «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonunlari va Federatsiyaning ichki me’yoriy hujjatlariga asosan fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, tahlil qilish natijalari bo‘yicha tegishli organlarga taqdim etish va ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish ishlari davom ettirilmoqda.
O‘tgan yilning sakkiz oyi mobaynida hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari ijro etuvchi apparatlariga 602 murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shularning 274 tasi yozma, 300 tasi og‘zaki va 28 tasi elektron shaklda qabul qilib olingan.
Kelib tushgan murojaatlarning ichida savdo sohasi bo‘yicha murojaatlar 22,4 %ni, gaz ta’minoti masalalaridagi murojaatlar 36,4 %ni, elektr ta’minoti va suv ta’minoti masalalaridagi murojaatlar har biri 8,5 % danni, xizmat ko‘rsatish (servis) sohasi 5 % ni tashkil qilgan bo‘lsa, kommunal, xizmat ko‘rsatish (servis), transport, aloqa (internet) va boshqa sohalar bo‘yicha murojaatlar esa jami murojaatlarning 1,5 % idan 2,3 % igachani tashkil qilgan.
Savdo sohasi bo‘yicha kelib tushgan jami 135 ta murojaatning 40,7 % i maishiy texnika masalalaridagi, 12,6 % i oziq-ovqat, 6,7 % i esa dori-darmon masalalaridagi murojaatlardan iborat bo‘lgan.
Murojaatlarning 13 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezidentga murojaat portali” orqali, 20 tasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ishonch telefoni orqali, 203 tasi O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 yagona ishonch telefoni orqali, 20 tasi Federatsiya telegram boti orqali kelib tushgan bo‘lsa, 341 ta murojaat hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri (yozma va og‘zaki shakllarda) kelib tushgan.
Murojaatlarning 571 tasi to‘liq va o‘z muddatlarida o‘rganib chiqilishi natijasida 462 mln 916 ming so‘mdan ortiqroq mablag‘lar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishiga erishilgan. Murojaatlarning qolgan qismi o‘z muddatlari doirasida o‘rganib chiqilmoqda.
Tadbir doirasida ishtirokchilar Texnik jihatdan tartibga solish agentligining viloyatdagi metrologiya, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, bu borada davlat nazoratini olib borish yo‘nalishidagi tashkilotlari faoliyati bilan tanishib o‘tdilar.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий