Hududiy birlashma ijro etuvchi apparatining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Federatsiyaning viloyatdagi tuman va shahar jamiyatlari rahbarlari ishtirokida tashkillangan mazkur yig‘ilishda Federatsiya Ustavi bilan belgilab berilgan vazifalar ijrosi, Federatsiya a’zolari va aholining keng qatlamlari o‘rtasida amaldagi qonunchilik targ‘iboti, iste’molchilarning murojaatlari bilan ishlash, ichki iste’mol bozorida o‘tkazib borilayotgan kuzatuv-o‘rganishlar masalalari tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining yangilanayotgan Konstitusiyasi, unga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati, joriy yilning 30 aprel kunida mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkaziladigan Referendumga tayyorgarlik va uni o‘tkazishda hududiy ijro etuvchi tashkilotlarning o‘rni va vazifalari yuzasidan ham tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berib o‘tilib, bu boradagi fikr-mulohazalar va takliflar o‘rtoqlashildi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий