2 million so‘mga qarzdorligi da’vo qilingan iste’molchi aslida haqdor bo‘lib chiqdi
Farg‘ona tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Navro‘z» mahalla fuqarolar yig‘ini, Nurafshon ko‘chasida yashovchi M.G‘.ning Federatsiyaga tabiiy gaz ta’minotiga bog‘liq masalalarda yuzaga kelayotgan muammo borasidagi yozma murojaati o‘rganildi.
Iste’molchi murojaatida gaz ta’minoti idorasi komp’yuter bazasi ma’lumotlari hamda xonadonidagi gaz hisoblagich ko‘rsatkichlari o‘rtasida tafovut yuzaga kelayotganligi, buning natijasida qarzdorlik kelib chiqayotganligini bildirib, mazkur qarzdorlikning asosliligiga aniqlik kiritilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.
Murojaatni o‘rganilishi jarayonida xonadondagi gaz hisoblagich ko‘rsatgichlari, iste’molchi tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar qayta hisob-kitob qilib chiqildi. Natijada xonadon egasidan to‘lab qo‘yilishi da’vo qilingan 2 mln 36 ming 40 so‘m qarzdorlikning asossiz ekanligi ma’lum bo‘ldi. Aslida iste’molchi qarzdor emas, balki 707 ming 761 so‘m haqdor ham ekan.
Farxodjon Rasuljonov
Farg‘ona tuman jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий