Parlament komissiyasi ishchi guruhi Farg‘onada tadbir o‘tkazdi
Farg‘ona shahridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari uyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi ishchi guruhi a’zolari, Xalq deputatlari viloyat kengashi huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasi a’zolari hamda kun tartibida muhokama qilingan masalalarga daxldor bo‘lgan ayrim yirik jamoat tashkilotlari mas’ullari hamda OAV vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘z olgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Parlament komissiyasi raisi Adxamjon Shodmonov, NNTlarni qo‘llab quvvatlash Jamoat fondi direktori Otabek Xusanovlar mamlakatimizda ijtimoiy sheriklik bo‘yicha qonunchilik ijrosi borasida amalga oshirilayotgan ishlar, Parlament komissiyasi faoliyati, Fond mablag‘laridan foydalanish masalalari, shuningdek ushbu jarayonlarda Farg‘ona viloyatidagi NNTlarning tutgan o‘rni borasida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tdilar.
Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan mazkur tadbirda respublikamizda bu borada yaratilgan imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanish, davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihalarini ishlab chiqish va undan foydalanish, davlat subsidiyasidan foydalanish yo‘nalishidagi loyihalarni ishlab chiqish masalalarida yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar bo‘yicha fikr va mulohazalar tinglandi, kamchiliklarni bartaraf qilish va sohani yanada rivojlantirish borasidagi takliflar o‘rtaga tashlandi. Yig‘ilish doirasida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий