Ko‘cha chiroqlari masalasidagi murojaat ijobiy hal etildi

Ko‘cha chiroqlari masalasidagi murojaat ijobiy hal etildi

Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shaharning «Mirzo Ulug‘bek» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi bir guruh fuqarolardan murojaat kelib tushgan va unda fuqarolar o‘zlari istiqomat qiladigan A.Qodiriy ko‘chasida bir necha kundan buyon ko‘cha chiroqlari yonmayotganligi bayon qilingandi.

Shahar jamiyati mazkur murojaat asosida Obodonlashtirish boshqarmasiga xat kiritgach, mazkur tashkilot tomonidan tezkorlikda ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida murojaatda keltirilgan muammo bartaraf qilinishiga erishildi. O‘rganish ishlari doirasida tomonlarga amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti olib borildi.

Farxodjon Xaydarov,
shahar jamiyati raisi.

(illyustrativ foto)

Отправить комментарий