Targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda va jamoatchilik fikri o‘rganilmoqda
Federatsiyaning Farg‘ona viloyatidagi tashkilotlari tomonidan aholining keng qatlamlari o‘rtasida amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarni, shuningdek asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejalari hamda davlat boshqaruvi idoralarining so‘rovlari asosida aholiga muayyan sohalar bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yuzasidan jamoatchilik fikrini o‘rganish tadbirlarini o‘tkazib borilmoqda.
Beshariq tumani
Tumandagi 44-umumta’lim maktabi pedagog xodimlari ishtirokida tashkillangan targ‘ibot tadbiri “Huquqingizni bilasizmi?” mavzusida bo‘lib o‘tib, unda asosiy e’tibor amaldagi qonunchilik ijrosini ta’minlash, aholining sohaga oid huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, shuningdek qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchiilk nazoratini olib borishda iste’molchilik ijtimoiy harakatining tutgan o‘rni va roliga qaratildi. Tadbir yakunlari bilan ta’lim maskanida Federatsiyaning boshlang‘ich tashkiloti faoliyatini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Dang‘ara tumani
Tumandagi 23-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida asosiy e’tibor amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyatini, shuningdek sohaga oid qabul qilingan so‘nggi qonunchilik hujjatlari hamda yangiliklarni aholining keng qatlamlariga yetkazishga qaratildi. Uning davomida tizim tashkilotlariga iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar, ularni o‘rganib chiqilishi va hal qilinishi natijalari yuzasidan misollar tarzida axborotlar ham berib o‘tildi.
Yozyovon va Toshloq tumanlari
Mazkur hududlarda faoliyat olib borayotgan Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari mutaxassislari hudud aholisiga suyultirilgan uglevorod gazini yetkazib berilishi jarayonlarida yoqilg‘ini yetkazib beruvchilar tomonidan iste’molchilarni zaruriy ma’lumotlar bilan ta’minlanishi, ushbu jarayonda iste’molchilar tomonidan duch kelinayotgan muammolar yuzasidan jamoatchilik fikri o‘rganilmoqda. Hozirda bu ishlar viloyatning boshqa hududlarida ham amalga oshirib borilayotgan bo‘lib, uning natijalari jamlanib, viloyat Raqobat boshqarmasiga kiritilishi rejalashtirilgan.



Post Comment