KÖRSATILMAGAN XIZMAT UÇUN HISOBLANGAN QARZDORLIK QAYTA KÖRIB ÇIQILDI
Fuqaroga qattiq maişiy çiqindilarni olib çiqib ketiş xizmati böyiça 953 ming 40 söm qarzdorlik hisoblangan. Murojaat örganilişi natijasida esa summa qayta hisob-kitob qilinib, qarzdorlik 476 ming söm etib belgilandi.
Farğona tumani Beruniy mahallasida yaşovçi fuqaro qattiq maişiy çiqindilarni olib çiqib ketiş xizmati böyiça hisoblangan qarzdorlikdan norozi bölib, iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatiga murojaat qildi.
Fuqaroning bildirişiça, unga xizmat körsatuvçi taşkilot tomonidan 2026-yil 1-oktyabrda 953 ming 40 söm qarzdorlik mavjudligi haqida talabnoma yuborilgan. Unda belgilangan muddatda tölov amalga oşirilmasa, qarzdorlikni sud orqali majburiy undiriş, şuningdek, davlat boji va poçta xarajatlarini ham tölaş zarurligi körsatilgan.
Biroq fuqaro xonadondan qattiq maişiy çiqindilar olib çiqib ketilmagani, amalda körsatilmagan xizmat uçun haq hisoblangani yuzasidan e’tiroz bildirgan. Şuningdek, qarzdorlik qaysi davr va qanday hisob-kitoblar asosida şakllanganini tekşirişni söragan.
Murojaat Farğona tuman iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyati tomonidan örganilib, xizmat körsatuvçi taşkilotga tegişli sörov xati yuborildi.
Örganiş natijasida taşkilot tomonidan avval hisoblangan 953 ming 40 söm qarzdorlik qayta hisob-kitob qilindi. Natijada fuqaroning qarzdorligi 476 ming söm etib belgilandi. Bu haqda xizmat körsatuvçi taşkilotning rasmiy javob xatida ma’lum qilindi.
Şu tariqa, fuqaroning murojaatida kötarilgan masala qayta körib çiqilib, dastlabki hisob-kitobdagi qarzdorlik summasi 477 ming 40 sömga kamaytirildi. Fuqaro ham amalga oşirilgan qayta hisob-kitobdan roziligini bildirgan.
Kommunal va maişiy çiqindilarni olib çiqib ketiş xizmatlari böyiça hisoblangan qarzdorlikka şubha tuğilsa, uning qaysi davr uçun va qanday asosda hisoblanganini aniqlaştiriş talab etiladi.
Iste’molçilar quyidagi jihatlarga e’tibor qaratişi lozim:
– hisoblangan qarzdorlik davri va miqdorini tekşiriş;
– körsatilgan xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni söraş;
– tölov hujjatlari va xizmat körsatiş şartnomasini saqlaş;
– asossiz hisob-kitob yoki talabnoma yuborilgan deb hisoblansa, yozma ravişda e’tiroz bildiriş.
Yodda tuting: xizmat körsatiş va uning uçun haq hisoblaş jarayonida şaffoflik hamda aniq hisob-kitob bölişi kerak. Iste’molçi öziga hisoblangan tölovning asosini bilişga va e’tirozlari bölsa, uni qayta körib çiqişni talab qilişga haqli.



Post Comment