Odatdagidan ortiqça şovqin çiqarib işlagan yangi kir yuviş maşinasi sotuvçiga qaytarildi
Maişiy texnika xarid qilişda uning taşqi körinişi va narxigagina emas, balki işlaş sifatiga ham e’tibor beriş kerak. Çunki yangi xarid qilingan mahsulotdan foydalaniş jarayonida kutilmagan muammolar yuzaga kelişi mumkin.
Rişton tumanida yaşovçi fuqaro D.N. Boğdod tumanidagi «Mehr» savdo markazidan 2 million 400 ming sömga «Ziffler» rusumli kir yuviş maşinasini xarid qilgan. Biroq texnika xonadonga olib kelinib, işlatib körilganida, odatdagidan ortiqça ovoz (şovqin) çiqarib işlagan.
Xaridor bunday holatdan norozi bölib, kir yuviş maşinasini almaştirib berişni sörab savdo markaziga murojaat qilgan. Ammo sotuvçi tomonidan uni almaştirib beriş masalasi hal etilmagani sababli iste’molçi Federasiyaning işonç telefoniga murojaat qilişga majbur bölgan.
Fuqaroning murojaati Boğdod tumani iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyati tomonidan örganib çiqildi. Jarayonga tegişli taşkilotlar mutaxassislari jalb qilinib, holat yuzasidan örganiş işlari olib borildi.
Natijada, maişiy texnika savdo markaziga qaytarilib, iste’molçiga xarid qilingan kir yuviş maşinasi uçun tölangan 2 million 400 ming söm mablağ töliq qaytarib berildi.
Şu örinda xaridorlarga maişiy texnika xarid qilayotganda mahsulotning işlaşini tekşirişni, kafolat hujjatlarini olişni va tölovni tasdiqlovçi hujjatlarni saqlaş muhimligini yana bir bor eslatib ötamiz. Agar maişiy texnikadan foydalaniş jarayonida nuqson yoki işlaşda muammo aniqlansa, sotuvçiga öz e’tirozingizni bildirib, talabingizni belgilangan tartibda rasmiylaştiring.
Yodda tuting: iste’molçi xarid qilgan mahsulotidan sifatli va belgilangan talablarga muvofiq foydalanişga haqli. Huquqlaringiz buzilgan taqdirda, ularni himoya qiliş uçun tegişli iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlariga murojaat qilişingiz mumkin.
Iste’molçi huquqlari — e’tiborsiz qoldirilmasligi kerak bölgan huquqlardir!



Post Comment