Internet sifatiga e’tibor — iste’molchi huquqlarining kafolati

Internet sifatiga e’tibor — iste’molchi huquqlarining kafolati

Bugungi kunda internet texnologiyalari hayotimizning barcha jabhalariga chuqur kirib bormoqda. Ta’lim, tibbiyot, biznes, davlat xizmatlari va hatto kundalik muloqotni ham internet tarmog‘isiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shunday bir paytda aholiga ko‘rsatilayotgan internet xizmatlarining sifati yuqori bo‘lishi nafaqat texnik zarurat, balki iste’molchilarning qonuniy huquqidir.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ishonch telefoniga Rishton tumanilik A.A.ning internet provayderi o‘rnatgan Wi-Fi uskunasining yaxshi ishlamayotganligi haqidaub murojaatb kelib tushdi. Iste’molchining so‘zlariga ko‘ra, tarmoq tez-tez uzilib, internet sifati past bo‘lib qolgan. Amaldagi qonunchilikka muvogfiq, iste’molchi shartnomaga ko‘ra sifatli xizmat olish huquqiga ega. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot iste’molchiga shartnomada belgilangan sifat darajasida xizmat ko‘rsatishi shart.

Murojaat Rishton tuman iste’molchilar uhquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganilishi jarayonida mutaxassislar iste’molchi xonadoniga borib, Wi-Fi uskunasini texnik tekshiruvdan o‘tkazilganda, muammo uskunaning rotor qismidagi nosozlik tufayli yuzaga kelgani aniqlandi. Nuqson provayder mutaxassisi tomonidan bartaraf etilgach internet aloqasi qayta tiklandi.

Bu kabi misollar aholining huquqiy ongi va iste’mol madaniyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Har bir fuqaro sifatli xizmat olishga haqli, xizmat ko‘rsatuvchi esa bu huquqni ta’minlab berishi lozim.

Xusniddin Latipov,
jamiyat mutaxassisi.

Post Comment