Qonunchilik mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

Qonunchilik mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

Dang‘ara tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari 17-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari bilan uchrashib, ularga amaldagi qonunchilik asoslari targ‘iboti bilan birgalikda, mamlakatimizda davlat va nodavlat tashkilotlari o‘rtasida keng qamrovli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun asos bo‘lib xizmat qilayotgan “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonun hamda iste’mol sohasiga oid qonunchilik ijrosi ishida keng jamoatchilik ishtirokini ta’minlab berishga xizmat qiluvchi “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunlari mazmun-mohiyati yuzasidan ham tushuntirishlar berib o‘tdilar.

Tadbir doirasida maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining iste’mol sohasiga oid fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.

Raufjon To‘ychiev,
jamiyat mutaxassisi.

Post Comment