Bank muassasalari xodimlari o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Bank muassasalari xodimlari o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘ibotini olib borish ishlarida Markaziy bankning viloyat bosh boshqarmasi bilan yaqindan hamkorlik olib bormoqda. Bu borada bosh boshqarma va hududiy birlashma o‘rtasida hamkorlik memorandumi ham imzolangan.

Joriy yilning yanvar oyida yuqoridagi Memorandum asosida amaldagi qonunchilik targ‘ibotini ishlarini nafaqat aholining keng qatlamlari, balki hududdagi tijorat banklari xodimlari o‘rtasida ham olib borish maqsadida chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tomonidan ushbu reja asosida Infinbank Farg‘ona filiali xodimlari ishtirokida targ‘ibot yig‘ilishi o‘tkazildi.

Tadbirda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5430-sonli Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 414-sonli qarorlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tilib, bank muassasasi hamda Federatsiya o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Farg‘ona shahar jamiyati tomonidan xuddi shunday tadbirlardan biri Biznesni rivojlantirish banki Farg‘ona hududiy filialida ham tashkillanib, bugungi kunda tadbirlar shahar hududidagi boshqa bank muassasalarida ham tizimli asosda davom ettirilmoqda.

Mansurjon Toshkanov,
jamiyat mutaxassisi.

Post Comment