Hududlarda iste’molchilar huquqlari bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Hududlarda iste’molchilar huquqlari bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Federatsiyaning Farg‘ona vilyaotidagi tizim tashkilotlari tomonidan o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari aholining huquqiy savodxonligini oshirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini yanada mustahkamlash hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yozyovon tumani

Tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan hududdagi 10-umumta’lim maktabida pedagog xodimlar ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Unda ishtirokchilarga amaldagi qonunchilik, xususan, iste’molchilarning asosiy huquqlari, tovar va xizmatlardan foydalanishda uchraydigan muammolar hamda ularni hal etish mexanizmlari yuzasidan tushunchalar berildi. Shuningdek, aholining huquqiy ongini oshirishda pedagoglarning o‘rni va ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Uchko‘prik tumani

Tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan 50-umumta’lim maktabida pedagog xodimlar ishtirokida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida iste’molchilar huquqlarini ta’minlash, sifatli tovar va xizmatlarni tanlash, shuningdek, huquqbuzarlik holatlarida murojaat qilish tartiblari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Farg‘ona tumani

Tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan 41 va 43-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi va xodimlar ishtirokida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Ularda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari, xizmatlar sifatiga qo‘yiladigan talablar hamda huquqlar buzilganda amalga oshiriladigan choralar haqida atroflicha tushunchalar berildi. Shu bilan birga, ishtirokchilarga kundalik hayotda uchraydigan holatlar misolida amaliy tavsiyalar ham berildi.

Post Comment