Sifatsiz blender yangisiga almashtirib berildi
Yozyovon tumanida yashovchi fuqaro M.E. maishiy texnika bozoridan xarid qilingan blender nosoz chiqqanidan norozi bo‘lib, tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Murojaat qisqa muddatda o‘rganilib, iste’molchining qonuniy manfaatlari tiklandi.
Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro mahalliy maishiy texnika bozorida faoliyat yurituvchi sotuvchidan 825 ming so‘m evaziga blender xarid qilgan. Biroq oradan ko‘p o‘tmay, maishiy texnika ishdan chiqqan va uning batareya qismi sifatsiz ekani ma’lum bo‘lgan.
Iste’molchi mahsulotni sotuvchiga qayta olib borib, uni almashtirib berish yoki to‘langan mablag‘ni qaytarishni so‘ragan. Sotuvchi tomonidan bu talabga ijobiy munosabat bildirilmaganidan so‘ng, fuqaro tegishli tashkilotga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
Murojaat amaldagi qonunchilik asosida o‘rganilishi jarayonida blender haqiqatdan ham nosoz va sifatsiz ekani mutaxassislar tomonidan tasdiqlandi. Tomonlarga qonunchilik talablari, ularning huquq va majburiyatlari tushuntirilishi bilan sotuvchi tomonidan 825 ming so‘mlik blender boshqa, sifatli mahsulotga almashtirib berildi. Iste’molchi esa murojaati ijobiy hal etilganidan mamnun ekanini bildirib, o‘rganish yakunlari bo‘yicha e’tirozi yo‘qligini ma’lum qildi.



Post Comment