Maişiy texnika xaridida nimalarga e’tibor beriş kerak?
Sifatli mahsulot tanlaş, kafolat şartlarini biliş va nuqsonli tovar yuzasidan öz huquqlarini himoya qiliş böyiça iste’molçilarga muhim tavsiyalar.
Bugungi kunda televizor, muzlatgiç, kir yuviş maşinasi va boşqa maişiy texnikalar har bir xonadonning kundalik ehtiyojiga aylangan. Zamonaviy texnika turmuşimizni yengillaştirib, vaqt va mehnatni tejaşga xizmat qiladi. Biroq bunday mahsulotlarni xarid qilişda faqat narx, taşqi köriniş yoki sotuvçining tavsiyasiga tayaniş har doim ham töğri qaror bölavermaydi. Mahsulotning sifati, texnik xususiyatlari, kafolat şartlari va servis xizmati ham xaridor uçun muhim ahamiyatga ega.
Farğona viloyati hududiy birlaşmasiga kelib tuşayotgan murojaatlar ham bu masalaning dolzarbligini körsatmoqda.
Raqamlar nimadan dalolat beradi?
Hududiy birlaşma ma’lumotlariga köra, joriy yilning dastlabki töqqiz oyida jami 1 634 ta murojaat kelib tuşgan. Şundan 333 tasi savdo sohasiga oid bölib, 103 ta murojaat bevosita xarid qilingan maişiy texnika bilan boğliq muammolarni qamrab olgan.
Bundan taşqari, xizmat körsatiş sohasiga taalluqli 84 ta murojaat orasida maişiy texnikalarni ta’mirlaş va ularga servis xizmati körsatiş bilan boğliq masalalar ham mavjud.
Şuningdek, tuman va şahar iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari qoşida taşkil etilgan «Iste’molçi bilan muloqot» huquqiy maslahatxonalari orqali hisobot davrida 515 nafar fuqaroga bepul huquqiy maslahat berilgan. Ularning 91 tasi savdo va xizmat körsatiş sohalariga oid masalalarga töğri kelgan.
Uşbu raqamlar har bir xaridor mahsulot tanlaşda yetarliça ma’lumotga ega bölişi, xarid hujjatlarini saqlaşi va muammoli vaziyatlarda öz huquqlarini bilişi zarurligini körsatadi.
Xariddan oldin: şoşilmang, taqqoslang, tekşiring
Maişiy texnika xarid qilişdan oldin, eng avvalo, öz ehtiyojingizni aniqlab oliş lozim. Masalan, muzlatgiç tanlaşda uning hajmi, elektr energiyasi sarfi va foydalaniş şaroitlariga, kir yuviş maşinasida esa yuklama hajmi, suv va elektr energiyasi sarfi, dasturlari hamda örnatiş imkoniyatlariga e’tibor qaratiş maqsadga muvofiq.
Bir neçta modelning xususiyatlari va narxini taqqoslaş, mahsulot haqidagi işonçli ma’lumotlar bilan tanişiş va çegirma takliflarining şartlarini örganiş ham muhim.
Xarid paytida mahsulotning modeli, zavod raqami, taşqi holati va butligi tekşirilişi kerak. Texnikada közga körinadigan şikastlanişlar, yetişmayotgan qismlar yoki işlaşga ta’sir qilişi mumkin bölgan kamçiliklar mavjud emasligiga işonç hosil qiliş lozim.
Eng muhimi, sotuvçining oğzaki va’dalari bilan çeklanib qolmaslik kerak. Mahsulotga tegişli hujjatlar, kafolat şartlari, yetkazib beriş va örnatiş xizmatlari haqida oldindan ma’lumot oliş kelgusidagi tuşunmovçiliklarning oldini oladi.
Çek va kafolat hujjatlari — xaridorning muhim dalillari
Ayrim iste’molçilar texnika uçun pul tölab, uni uyiga olib ketiş bilan çeklanadi. Xarid çeki, şartnoma va kafolat hujjatlarini saqlaşga esa yetarliça ahamiyat bermaydi. Vaholanki, mahsulotda nuqson aniqlanganda aynan şu hujjatlar xaridni tasdiqlaş va öz huquqlarini himoya qilişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Şuning uçun xaridor quyidagi hujjatlarni saqlab qöyişi tavsiya etiladi:
– tovarning xarid çeki yoki tölovni tasdiqlovçi boşqa hujjat;
– oldi-sotdi şartnomasi, agar tuzilgan bölsa;
– kafolat taloni va mahsulotga tegişli hujjatlar;
– yetkazib beriş, örnatiş yoki qöşimça xizmatlar uçun tuzilgan şartnoma va tölov hujjatlari.
Kafolat muddati, kafolatli ta’mirlaş tartibi va servis markazining manzilini ham oldindan bilib oliş kerak.
Bunda bir muhim jihatni unutmaslik lozim: kafolat hujjatining mavjudligi iste’molçining barça huquqlarini faqat şu hujjat bilan çeklamaydi. Uning huquqlari amaldagi qonunçilik bilan ham himoya qilinadi.
Yangi texnika nuqsonli çiqsa, qanday yöl tutiş kerak?
Tasavvur qiling, xaridor yangi muzlatgiç sotib oldi. Texnika uyga yetkazib berilgaç, u sovutmayotgani ma’lum böldi. Yoki yangi kir yuviş maşinasi işga tuşirilganda nosozlik kuzatildi. Bunday holatda iste’molçi nima qilişi kerak?
Avvalo, nuqsonni imkoni boriça aniq qayd etiş, zarur bölsa foto yoki video oliş va sotuvçiga yozma ravişda murojaat qiliş lozim. Murojaatda mahsulot haqidagi ma’lumotlar, nuqsonning xususiyati va iste’molçining talabi aniq körsatilişi kerak.
Özbekiston Respublikasining «Iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi Qonunida nuqsonli tovar sotib olinganda iste’molçining huquqlari va sotuvçining majburiyatlari belgilangan.
Qonunçilikdagi şartlardan kelib çiqib, iste’molçi nuqsonni bepul bartaraf etiş, tovarni almaştiriş, tovar narxini mutanosib ravişda kamaytiriş yoki qonunda nazarda tutilgan hollarda şartnomani bekor qiliş va tölangan pulni qaytariş kabi talablarni qöyişi mumkin.
Qaysi talabni tanlaş mumkinligi tovarning nuqsoni, kafolat şartlari va qonunçilikda belgilangan boşqa holatlarga boğliq. Şuning uçun iste’molçi öz huquqlarini bilişi va sotuvçining oğzaki va’dalari bilan çeklanib qolmasligi muhim.
Servis xizmatida nimalarga e’tibor beriş lozim?
Maişiy texnikadan foydalaniş jarayonida nosozlik yuzaga kelişi mumkin. Bunday vaziyatda iste’molçi texnikasini servis markaziga topşirayotganda ehtiyotkor bölişi kerak.
Texnikani qabul qiliş hujjati yoki buyurtma-naryad rasmiylaştirilişi, unda mahsulotning modeli, seriya raqami, taşqi holati, aniqlangan nosozlik va qabul qilingan sana qayd etilişi maqsadga muvofiq.
Agar ta’mirlaş pullik bölsa, uning taxminiy qiymati, ehtiyot qismlar narxi va bajariş muddati haqida oldindan ma’lumot oliş kerak. Qöşimça işlar yoki xarajatlar yuzaga kelganda ularning asosini söraş mumkin.
Kafolatli ta’mirlaşdan boş tortilsa, iste’molçi rad etiş sabablarini yozma ravişda tuşuntirişni talab qilişi lozim. Agar servis markazi nosozlik iste’molçining aybi bilan kelib çiqqanini bildirsa, bunday xulosaning asoslanganligiga aniqlik kiritiş muhim.
Texnikani ta’mirlaş uçun topşirganda qabul hujjatini oliş, ta’mirlaş tugagaç esa bajarilgan işlar va almaştirilgan ehtiyot qismlar haqida ma’lumot oliş kelgusidagi nizolarning oldini oladi.
Huquqingizni biling va muammoni öz vaqtida hal qiling
Agar sotuvçi yoki servis markazi iste’molçining qonuniy talabini bajarmasa, birinçi navbatda ularga yozma murojaat qiliş va uning nusxasini saqlaş tavsiya etiladi. Zarur bölganda iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş sohasidagi vakolatli davlat organlariga yoki iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlariga murojaat qiliş mumkin.
Farğona viloyati hududidagi tuman va şahar jamiyatlari qoşida faoliyat yuritayotgan «Iste’molçi bilan muloqot» huquqiy maslahatxonalari ham fuqarolarga bepul huquqiy maslahat oliş imkonini beradi.
Xulosa qilib aytganda, maişiy texnika xarid qilişda ehtiyotkorlik, hujjatlarni saqlaş va kafolat şartlarini biliş iste’molçining muhim himoya vositalaridir. Xaridor öz huquqlarini bilsa, muammoni dalillar asosida hal qiliş imkoniyati ham ortadi.
Unutmang: xaridda mas’uliyatli böling, hujjatlarni saqlang va huquqlaringizni himoya qilişdan çöçimang!



Post Comment