Yozyovonda tizim faollari bilan uchrashildi

Yozyovonda tizim faollari bilan uchrashildi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasining joriy yil asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasi, shuningdek mamlakatimizda 2026-yilni — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinishidan kelib chiqqan holda belgilab olingan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida hududiy birlashma rahbariyati tuman (shahar) jamiyatlarida bo‘lib, jamiyat mutaxassislari, tayanch guruhlari rahbarlari hamda tizim faollari bilan uchrashuvlar o‘tkazib bormoqda. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish viloyat hududiy boshqarmasi hamkorligida Yozyovon tumanida tashkillangan tadbir ham shular jumlasidandir.

Hududiy birlashma raisi o‘rinbosari-ijrochi direktor D.Fozilov hamda Raqobat boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari U.Abdullaevlar ishtirokida hamda ochiq muloqot tarzida tashkillangan mazkur tadbirda Federatsiya tizim tashkilotlarining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” davlat dasturi ijrosida faol ishtirok etishiga erishish, buning uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan faol ishlash, bu bilan aholi vakillarining iste’mol sohasiga oid muammolarini samarali hal etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tadbirda tizim faollari bilan Yozyovon tumanida iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatini yanada keng yo‘lga qo‘yish, aholi (iste’molchilar)ning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish yo‘li bilan sohaga oid qonunchilik ijrosini ta’minlash ishiga aholining keng qatlamlarini faol jalb qilish, sohaga oid qonunchilik ijrosi ustidan o‘tkaziladigan jamoatchilik nazorati tadbirlarini yanada jonlantirish, jamoatchilik nazorati tadbirlarining ta’sirchanligi hamda samaradorligini oshirish maqsadida sohaga daxldor bo‘lgna vakolatli davlat idoralari bilan yaqindan ijtimoiy sheriklik hamda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish hamda Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari faoliyatini yanada rivojlantirish kabi masalalarda fikr-mulohazalar almashildi.

Tadbir doirasida soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Federatsiyaning bir qator tayanch guruhlari rahbarlari va ijtimoiy harakat faollariga hududiy birlashmaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Post Comment