Xavfsiz xarid qilish bo‘yicha iste’molchiga 10 tavsiya

Xavfsiz xarid qilish bo‘yicha iste’molchiga 10 tavsiya

Har kuni xarid qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga e’tibor berish – o‘zingiz va oilangiz salomatligini asrashning eng muhim shartlaridan biridir.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan jamoatchilik monitoringlari shuni ko‘rsatdiki, ayrim savdo shoxobchalarida yaroqlilik muddati, markirovka, narx yorliqlari va saqlash sharoitlariga oid kamchiliklar hali ham uchrab turibdi.

✅ Xarid qilishdan oldin quyidagilarni albatta tekshiring:

🔹 Mahsulotning yaroqlilik muddatini ko‘ring.
🔹 Narx yorlig‘i va mahsulot nomi mosligini tekshiring.
🔹 Davlat tilidagi markirovka mavjudligiga e’tibor bering.
🔹 Qadoqning butunligi va tashqi ko‘rinishini tekshiring.
🔹 Tez buziladigan mahsulotlar sovutkichda saqlanayotganiga ishonch hosil qiling.
🔹 Ochiq holda sotilayotgan mahsulotlarning himoyalanganligiga e’tibor qarating.
🔹 Yodlangan tuz va sertifikatlangan mahsulotlarni tanlang.
🔹 Shubhali mahsulotlarni xarid qilishdan saqlaning.
🔹 Xariddan so‘ng chekni saqlab qo‘ying.
🔹 Huquqlaringiz buzilgan taqdirda befarq bo‘lmang, murojaat qiling.

🛡 Esda tuting! Xarid paytidagi bir necha daqiqalik e’tibor sizni sifatsiz mahsulot, ortiqcha xarajat va sog‘liq bilan bog‘liq muammolardan asrashi mumkin.

📞 Ishonch telefoni: 1091 (qisqa raqam)

🌐 Elektron murojaat: https://murojaat.istemol.uz

Post Comment