Hududiy birlaşma Kengaşining taşkiliy yiğilişi bölib ötdi
2026-yil 30-oktabr kuni Özbekiston iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federasiyasi Farğona viloyati hududiy birlaşmasi Kengaşining taşkiliy yiğilişi bölib ötdi.
Yiğilişda Federasiya raisi J.T. Sarimsoqov raislik qildi. U hududiy birlaşmaning hisobot-saylov konferensiyasida saylangan Kengaş a’zolarini tabriklab, ularga iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş va aholining huquqiy bilimini oşiriş borasidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Kun tartibidagi asosiy masala — hududiy birlaşma Kengaşi raisi va uning örinbosarini saylaş böyiça nomzodlar muhokama qilindi.
Ovoz beriş natijalariga köra, Ahrorjon Asqaroliyeviç Rahmonaliyev hududiy birlaşma Kengaşi raisi etib qayta saylandi. Uning nomzodi 21 nafar Kengaş a’zosining barçasi tomonidan qöllab-quvvatlandi.
Şuningdek, Dilşodjon Ğulyamjanoviç Fazilov hududiy birlaşma Kengaşi raisi örinbosari etib saylandi. Uning nomzodi ham ovoz berişda iştirok etgan 21 nafar Kengaş a’zosining yakdil qöllab-quvvatloviga sazovor böldi.
Yiğiliş yakunida saylangan rahbarlarga bildirilgan işonçni oqlaş, viloyatda iste’molçilik harakatini yanada rivojlantiriş, aholining iste’mol madaniyati va huquqiy savodxonligini oşiriş, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini samarali himoya qiliş borasidagi işlarni izçil davom ettiriş vazifalari belgilab olindi.



Post Comment