UY BOŞQARUVI: TÖLOV, XIZMAT VA ISTE’MOLÇI HUQUQI

UY BOŞQARUVI: TÖLOV, XIZMAT VA ISTE’MOLÇI HUQUQI

Boşqaruv taşkiloti aholidan tölov talab qilar ekan, öz zimmasidagi majburiyatlarni ham bajarişi, sarflangan mablağlar va körsatilgan xizmatlar yuzasidan hisobot berişi şart.

Köp qavatli uyda yaşaş faqat öz xonadoningiz emas, balki barça xonadon egalariga umumiy bölgan mulkning ham daxlsizligi, xavfsizligi va saqlanişiga e’tibor qaratişni anglatadi. Tomning sozligi, kiriş yölaklarining holati, liftlarning işlaşi, yertölalar, muhandislik tarmoqlari va uyga tutaş hududlarning obodligi — bularning barçasi aholi turmuş sifatiga bevosita ta’sir körsatadi.

Biroq amaliyotda aynan şu masalalar yuzasidan fuqarolar bilan uy-joy mulkdorlari şirkatlari va boşqaruv servis kompaniyalari örtasida turli kelişmovçiliklar kelib çiqmoqda. Ayrim hollarda aholi xizmatlar öz vaqtida bajarilmayotganidan norozi bölsa, boşqa holatlarda tölovlarning huquqiy asosi, qarzdorlik hisob-kitoblari va boşqaruv taşkilotining majburiyatlari yuzasidan savollar tuğilmoqda.

Eng muhimi, bunday muammolarni hal etişda fuqaro ham, boşqaruv taşkiloti ham öz huquq va majburiyatlarini aniq bilişi lozim.

Raqamlar muammoning kölamini körsatmoqda

Özbekiston iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federasiyasi Farğona viloyati hududiy birlaşmasi ma’lumotlariga köra, 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida jami 1 634 ta murojaat kelib tuşgan. Şundan 319 tasi kommunal xöjalik, uy-joy mulkdorlari şirkatlari va boşqaruv servis kompaniyalari faoliyati bilan boğliq muammolarga taalluqli bölgan.

Murojaatlarda fuqarolar, asosan, şartnoma masalalariga oydinlik kiritilmagan holda tölov talab qilinayotgani, xizmatlar töliq yoki sifatli körsatilmayotgani, şuningdek, qarzdorlik hisob-kitoblari yuzasidan e’tirozlar bildirişgan.

Bundan taşqari, hisobot davrida tuman va şahar jamiyatlari qoşida taşkil etilgan «Iste’molçi bilan muloqot» huquqiy maslahatxonalari orqali 515 nafar fuqaroga bepul huquqiy maslahat berilgan. Ularning 97 tasi aynan kommunal xöjalik, uy-joy mulkdorlari şirkatlari va boşqaruv servis kompaniyalari faoliyati bilan boğliq masalalarni qamrab olgan.

Bu raqamlar aholi uçun nafaqat sifatli xizmat, balki tölovlarning asosliligi, boşqaruv taşkilotlarining hisobdorligi va huquqiy axborotning oçiqligi ham muhim ekanini körsatadi.

Şartnoma bölmasa, tölov talab qiliş mumkinmi?

Fuqarolar orasida tez-tez uçraydigan savollardan biri: «Boşqaruv servis kompaniyasi bilan şartnoma tuzmagan bölsam, u mendan tölov talab qilişga haqlimi?»

Uşbu masala Özbekiston Respublikasining 2019-yil 7-noyabrdagi ÖRQ-581-sonli «Köp kvartirali uylarni boşqariş töğrisida»gi Qonuni bilan tartibga solinadi.

Qonunning 28-moddasiga muvofiq, köp kvartirali uyni boşqariş şartnomasi boşqaruvçi taşkilot yoki boşqaruvçi bilan har bir joy mulkdori örtasida yozma şaklda, umumiy yiğiliş qarorlarida belgilangan şartlar asosida tuziladi. Şartnomada umumiy mol-mulkni saqlaş, undan foydalaniş va ta’mirlaşga oid xizmatlar hamda işlar röyxati, tölovni belgilaş va amalga oşiriş tartibi, şuningdek, bajarilgan işlar böyiça hisobot beriş şartlari aks ettirilişi lozim.

Şu bilan birga, şartnoma nusxasining fuqaroda mavjud emasligi yoki uning imzolanmagani tölov majburiyati avtomatik ravişda bekor böladi, degan ma’noni anglatmaydi. Köp kvartirali uydagi joy mulkdorlari umumiy mol-mulkni saqlaş xarajatlarida qonunçilikda belgilangan tartibda iştirok etadilar.

Biroq bu boşqaruv taşkiloti istalgan miqdordagi mablağni özboşimçalik bilan talab qilişi mumkinligini ham anglatmaydi. Tölovning huquqiy asosi, uning miqdori, tegişli umumiy yiğiliş qarori va boşqaruv şartlari aniq bölişi kerak.

Fuqaro nimani talab qilişi mumkin?

  • Boşqaruv şartnomasi bilan tanişiş va uning nusxasini oliş.
  • Tölov miqdori qanday belgilangani haqida ma’lumot söraş.
  • Umumiy yiğiliş qarorlari va xizmatlar röyxati bilan tanişiş.
  • Talab qilinayotgan qarzning davri, miqdori va hisob-kitob asoslarini tekşiriş.

Demak, tölov talab qilinganda fuqaro uning huquqiy asosini bilişga haqli, boşqaruv taşkiloti esa öz talablarini hujjatlar bilan asoslay olişi lozim.

Tölov bor — xizmat ham bölişi kerak

Köp qavatli uyda yaşovçilar uçun eng oğriqli masalalardan biri — muntazam tölov qilinayotgan bölsa-da, umumiy mol-mulkni saqlaş va ta’mirlaş bilan boğliq muammolar öz vaqtida hal etilmayotganidir.

Masalan, tomdan yomğir suvi ötadi, kiriş yölaklaridagi çiroqlar işlamaydi, lift tez-tez nosoz holatga keladi yoki umumiy hududdagi ta’mirlaş işlari keçiktiriladi. Bunday vaziyatda aholi boşqaruv taşkilotidan öz vazifalarini bajarişni talab qilişga haqli.

«Köp kvartirali uylarni boşqariş töğrisida»gi Qonunga köra, uyni boşqarişning asosiy maqsadi aholi uçun qulay va xavfsiz yaşaş şaroitlarini ta’minlaş, umumiy mol-mulkni lozim darajada saqlaş va undan foydalaniş masalalarini hal etişdan iborat.

Şuning uçun boşqaruv taşkiloti faqat tölovlarni yiğiş bilan çeklanmasligi kerak. Uning zimmasidagi vazifalar qatoriga şartnomada belgilangan xizmatlarni körsatiş, zarur ta’mirlaş işlarini taşkil etiş, mablağlardan maqsadli foydalaniş va mulkdorlarga faoliyati yuzasidan hisobot beriş ham kiradi.

Fuqaro xizmatlar bajarilmayotgani yoki sifatsiz körsatilayotganidan norozi bölsa, muammoni foto va video orqali qayd etişi, boşqaruv taşkilotiga yozma murojaat qilişi, kamçiliklarni bartaraf etiş va bajarilgan işlar haqida ma’lumot berişni talab qilişi mumkin.

Bunda xizmat körsatilmaganining özi barça tölovlarni bir tomonlama töxtatiş uçun avtomatik asos bölmasligini ham unutmaslik kerak. Tölov majburiyati va qayta hisob-kitob masalasi şartnoma, qonunçilik, bajarilgan işlar hamda aniq holatdan kelib çiqib baholanadi.

Xizmat körsatilmagan bölsa, qanday yöl tutiş kerak?

Fuqaroning e’tirozi asosli bölişi uçun uni hujjatlar bilan mustahkamlaş muhim. Masalan, kiriş yölagi uzoq vaqt tozalanmayotgan bölsa, tom ta’mirlanmayotgan yoki boşqa kamçilik bartaraf etilmayotgan bölsa, bu holatlarning sanasi va xususiyatini qayd etiş lozim.

Şundan söng boşqaruv taşkilotiga yozma murojaat yuborib, quyidagilarni söraş mumkin:

1. Aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş.
2. Şartnomada belgilangan xizmatlar va işlar röyxati bilan taniştiriş.
3. Bajarilgan işlar va sarflangan mablağlar böyiça hisobot taqdim etiş.
4. Tölovlar va qarzdorlik böyiça batafsil hisob-kitob beriş.
5. Qonunçilik va şartnoma asoslari mavjud bölgan hollarda tegişli qayta hisob-kitobni amalga oşiriş.

Masalan, fuqaro zimmasiga qarzdorlik yuklatilgan bölsa, u qarz qaysi davr uçun hisoblangani, qanday tarif yoki tölov miqdori qöllangani va hisob-kitob qanday amalga oşirilganini bilişi kerak. Tuşunarsiz yoki asossiz hisoblangan summalar yuzasidan yozma e’tiroz bildiriş mumkin.

Şuni ta’kidlaş lozimki, xizmatning sifati va hajmini baholaşda faqat bir kunlik holat emas, balki şartnomada belgilangan vazifalar, ularning davriyligi, bajariliş muddati va natijasi hisobga olinadi.

Fuqaro öz hisobidan ta’mirlaş işlarini bajarsa-çi?

Amaliyotda ba’zan boşqaruv taşkiloti öz vaqtida bajarmagan işni aholining özi amalga oşiradi. Masalan, fuqaro umumiy hududdagi ayrim kamçiliklarni bartaraf etiş yoki ta’mirlaş işlarini öz mablaği hisobidan bajaradi. Şundan söng u sarflagan mablağini boşqaruv tölovlaridan çegirib taşlaş mumkinmi, degan savolga duç keladi.

Bu masalada şoşilinç qaror qabul qiliş töğri emas. Fuqaroning öz mablaği hisobidan iş bajargani sarflangan summa avtomatik ravişda oylik tölovdan çegiriladi, degani emas.

Avvalo, bajarilgan iş umumiy mol-mulkka taalluqlimi, uni amalga oşiriş boşqaruv taşkiloti bilan kelişilganmi, zarur qarorlar qabul qilinganmi va xarajatlar hujjatlar bilan tasdiqlanganmi — şu jihatlar aniqlanişi lozim.

Eng maqbul yöl — ta’mirlaş işlarini boşlaşdan oldin boşqaruv taşkilotiga yozma murojaat qiliş, iş hajmi va smetasini kelişiş, zarur hollarda mulkdorlarning umumiy yiğilişi qaroriga erişişdir. Iş yakunlangaç, tölov çeklari, bajarilgan işlar dalolatnomasi va boşqa tasdiqlovçi hujjatlar rasmiylaştirilişi kerak.

Şundan keyin xarajatni qoplaş yoki tölovlarni hisob-kitob qiliş masalasini tegişli huquqiy asos va kelişuv doirasida hal etiş mumkin. Bunday kelişuv bölmasa, fuqaro sarflagan mablağ avtomatik ravişda boşqaruv tölovidan ayirilmasligi mumkin.

Şu sababli, fuqarolarga öz hisobidan ta’mirlaş işlarini amalga oşirişdan oldin ularni kelişib oliş, boşqaruv taşkilotining javobini yozma ravişda oliş va xarajatlarni tasdiqlovçi hujjatlarni saqlaş tavsiya etiladi.

Boşqaruv taşkiloti qançalik oçiq va hisobdor?

Köp kvartirali uyni samarali boşqariş faqat texnik xizmat körsatiş bilan emas, balki moliyaviy oçiqlik bilan ham belgilanadi.

Mulkdorlar özlari tölayotgan mablağlar nimalarga sarflanayotganini, qaysi işlar rejalaştirilganini va qaysi işlar bajarilganini bilişlari kerak. Şu bois boşqaruv taşkilotlari yillik işlar rejasi, daromad va xarajatlar smetasi, uning ijrosi hamda bajarilgan işlar haqidagi ma’lumotlarni mulkdorlarga taqdim etişi muhim.

Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy maslahat portalida ham köp kvartirali uylarni boşqariş organlarining vazifalari qatorida har bir uy böyiça işlar rejasini, daromad va xarajatlar smetasini hamda ularning ijrosi töğrisidagi hisobotni tayyorlaş zarurligi körsatilgan.

Aholi ham uyni boşqarişga befarq bölmasligi lozim. Mulkdorlarning umumiy yiğilişlarida iştirok etiş, muammolarni jamoaviy muhokama qiliş, bajarilgan işlar böyiça hisobotlarni örganiş va asosli takliflar bildiriş uy-joy boşqaruvini yaxşilaşga xizmat qiladi.

Muammo hal etilmasa, qayerga murojaat qiliş mumkin?

Agar boşqaruv taşkilotiga yuborilgan murojaat natija bermasa yoki fuqaroning qonuniy talabi bajarilmasa, masalani vakolatli idoralarga olib çiqiş mumkin.

Fuqaro köp kvartirali uylarni boşqariş sohasidagi vakolatli davlat organlariga, iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlariga murojaat qilişi mumkin. Qonunçilikda belgilangan tartibda sud orqali huquqlarini himoya qiliş imkoniyati ham mavjud.

Murojaatga şartnoma, tölov hujjatlari, qarzdorlik hisob-kitoblari, boşqaruv taşkiloti bilan yozişmalar, foto-video materiallar va boşqa dalillarni ilova qiliş maqsadga muvofiq.

Farğona viloyatida faoliyat yuritayotgan «Iste’molçi bilan muloqot» huquqiy maslahatxonalari ham fuqarolarga öz huquqlarini anglaş va muammoli vaziyatlarda huquqiy yöl-yöriq olişda yordam beradi.

Huquq va majburiyat — ikki tomonlama mas’uliyat

Köp kvartirali uyni boşqarişda fuqaro va boşqaruv taşkiloti örtasidagi munosabatlar özaro mas’uliyatga asoslanişi kerak. Mulkdor umumiy mol-mulkni saqlaş bilan boğliq qonuniy majburiyatlarini bajarişi, tölovlarning asosini bilişi va sifatli xizmat talab qilişi mumkin. Boşqaruv taşkiloti esa öz zimmasidagi vazifalarni bajarişi, mablağlardan belgilangan maqsadlarda foydalanişi va mulkdorlar oldida hisobdor bölişi şart.

Muammolarni hal etişda özaro ayblovlardan köra, şartnoma, hujjatlar, hisobot va qonunçilik talablariga tayaniş samaraliroqdir.

Unutmang: uy boşqaruvida tölovning asosliligi, xizmatning sifati va mablağlarning şaffof sarflanişi bir-biridan ajralmas masalalardir. Huquqingizni biling, talab qiling va qonuniy manfaatlaringizni himoya qiling!

Post Comment