NOSOZ ÇIQQAN NOUTBUK UÇUN TÖLANGAN PUL QAYTARILDI

NOSOZ ÇIQQAN NOUTBUK UÇUN TÖLANGAN PUL QAYTARILDI

Rişton tumanida iste’molçining huquqi tiklanib, sotuvçi korxona tomonidan 951 ming 500 söm mablağ qaytarilişi ta’minlandi.

Iste’molçi huquqlari buzilgan holatlarda öz vaqtida murojaat qiliş va qonuniy manfaatlarni himoya qiliş muhim ahamiyatga ega. Rişton tumanida istiqomat qiluvçi fuqaro R.T. ning murojaati ham bu borada amaliy natijaga erişiş mumkinligini körsatdi.

Aniqlanişiça, fuqaro 2026-yil 28-avgust kuni «FRAST-TRADE-SENTER» MÇJ bilan tuzilgan №561032-sonli şartnoma asosida, bölib tölaş şartlarida, 11 million 418 ming söm evaziga ASUS VivoBook 15 rusumli noutbuk xarid qilgan. Biroq xariddan bir neça kun ötib, qurilmada dasturiy nosozliklar yuzaga kelgan va noutbuk işlamay qolgan.

Iste’molçi bu haqda sotuvçiga murojaat qilganida, dastlab qurilmani boşqa soz holatdagi noutbukka almaştirib beriş taklif etilgan. Ammo tomonlar örtasidagi masala hal etilmagan. Keyinçalik fuqaro şartnomani bekor qilişga qaror qilgan va 2026-yil 1-oktyabr kuni şartnomani bekor qiliş rasmiylaştirilgan.

Şartnoma bekor qilinganiga qaramay, iste’molçiga tölangan puli mablağ töliq qaytarilmagan. Xususan, dastlabki tölov sifatida amalga oşirilgan 951 ming 500 söm mablağning qaytarilişi ta’minlanmay qolgan.

Şu sababli fuqaro Rişton tuman iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatiga murojaat qilgan.

Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan örganilib, sotuvçi korxona vakillari bilan muzokaralar olib borildi. Örganiş davomida «Iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi Qonunning 13-moddasida belgilangan nuqsonli tovar sotilganda iste’molçining huquqlari, 14-moddasidagi nuqsonli tovarni almaştiriş, 16-moddasidagi tovar narxini nuqsonga mutanosib ravişda kamaytiriş yoki şartnomani bekor qiliş, şuningdek, 20–22-moddalarda nazarda tutilgan yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplaşga oid normalar tuşuntirildi.

Olib borilgan amaliy işlar natijasida sotuvçi tomonidan noutbuk uçun dastlabki tölov sifatida tölangan 951 ming 500 söm mablağ iste’molçiga qaytarib berildi. Mazkur holat tegişli dalolatnoma bilan rasmiylaştirildi.

E’tiborlisi, uşbu murojaat iste’molçilarning huquqiy xabardorligi va jamoatçilik asosida faoliyat yurituvçi iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş taşkilotlariga murojaat qilişning ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi.

Unutmang: xarid qilingan tovarda nuqson aniqlansa, iste’molçi qonunçilikda belgilangan tartibda öz huquqlarini talab qilişga haqli. Buning uçun tovarni xarid qilganlikni tasdiqlovçi hujjatlar, şartnoma, tölov çeki va boşqa dalillarni saqlaş muhim.

Iste’molçi huquqlaringiz buzildimi? Befarq bölmang! Öz huquqlaringizni biling va ularni himoya qiliş uçun tegişli taşkilotlarga murojaat qiling.

Post Comment