IJTIMOIY TARMOQLARDA REKLAMA: ISTE’MOLÇI NIMALARNI BILIŞI KERAK?

IJTIMOIY TARMOQLARDA REKLAMA: ISTE’MOLÇI NIMALARNI BILIŞI KERAK?

Bloger tavsiyasi, çiroyli video yoki jozibador çegirma xarid qilişga undaşi mumkin. Ammo reklamada aytilgan har bir gap haqiqatmi? Ijtimoiy tarmoqlarda mahsulot va xizmatlar tarğibotiga qançalik işoniş mumkin? Eng muhimi, reklama sabab aldanib qolgan iste’molçi öz huquqlarini qanday himoya qiladi?

Bugun ijtimoiy tarmoqlar nafaqat muloqot, yangiliklar va köngiloçar axborot almaşiş maydoni, balki ulkan savdo va reklama platformasiga ham aylandi. Telegram, Instagram, Facebook, YouTube va TikTok kabi tarmoqlarda har kuni minglab mahsulotlar, turli xizmatlar, o‘quv kurslari, maişiy texnika, kosmetika vositalari, sayohat yöllanmalari va boşqa takliflar tarğib qilinmoqda.
Ayniqsa, maşhur blogerlar, kontent yaratuvçilar va ijtimoiy tarmoq faollarining mahsulot yoki xizmat haqidagi tavsiyalari köpçilikning xarid qaroriga sezilarli ta’sir körsatmoqda. Ba’zan iste’molçi reklama qilinayotgan mahsulotni uning xususiyatlari, sifati yoki narxini mustaqil örganmasdan, aynan özi kuzatib boradigan insonning tavsiyasiga işonib sotib oladi.
Biroq bir narsani unutmaslik kerak: ijtimoiy tarmoqdagi reklama ham reklama hisoblanadi va u amaldagi qonunçilik talablariga javob berişi şart.

Reklama va oddiy axborot örtasidagi farq nimada?

Ijtimoiy tarmoqlarda mahsulot haqida joylaştirilgan har qanday ma’lumotni ham reklama deb bölmaydi. Masalan, fuqaro özi xarid qilgan telefon, maişiy texnika yoki boşqa mahsulot haqidagi şaxsiy taassurotlarini heç qanday tijorat manfaatlarisiz boşqalar bilan bölişişi mumkin.
Ammo muayyan mahsulot yoki xizmatga e’tiborni jalb qiliş, unga qiziqiş uyğotiş va uni bozorda bevosita yoki bilvosita daromad oliş maqsadida ilgari surişga qaratilgan maxsus axborot reklama hisoblanadi.
Özbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi ÖRQ-776-son «Reklama töğrisida»gi Qonunining 5-moddasida reklama tuşunçasi aynan şu mazmunda belgilangan.
Demak, bloger yoki kanal ma’muri biror kompaniya bilan hamkorlik asosida mahsulotni tarğib qilsa, buning evaziga pul, xizmat, çegirma yoki boşqa manfaat olsa, bunday materialning mazmuni va maqsadiga qarab u reklama sifatida baholanişi mumkin.
Bu yerda muhim jihat şuki, reklama faqat pul evaziga tayyorlangan video yoki postdan iborat emas. Tijorat manfaatini közlagan holda tayyorlangan şarh, tavsiya, maqola va boşqa materiallar ham reklama xususiyatiga ega bölişi mumkin.

Yaşirin reklama: iste’molçi buni qanday aniqlaydi?

Ijtimoiy tarmoqlarda uçraydigan muammolardan biri — reklamaning oddiy tavsiya, şaxsiy fikr yoki xolis şarh sifatida taqdim etilişidir.
Masalan, bloger öz sahifasida muayyan kosmetika vositasini namoyiş etib, uning juda samarali ekanini, faqat özi foydalanadigan mahsulot ekanini aytadi. Boşqa bir holatda esa kanal ma’muri muayyan savdo dökonini «eng işonçli va eng arzon manzil» sifatida tavsiya qiladi. Lekin uşbu tarğibot tijorat hamkorligi asosida amalga oşirilgani auditoriyaga ma’lum qilinmaydi.
Natijada iste’molçi bunday axborotni mustaqil fikr yoki xolis tavsiya deb qabul qilişi mumkin.
Qonunçilikda reklamaning boşqa axborotdan ajratilişi va uni reklama sifatida aniqlaş imkoniyati bölişi talab etiladi.
Xususan, «Reklama töğrisida»gi Qonunning 18-moddasiga muvofiq, reklama tarqatiliş şakli yoki vositasidan qat’i nazar, uni reklama sifatida identifikatsiya qiliş mumkin böladigan tarzda boşqa axborotdan ajratilgan bölişi kerak.
Şuningdek, reklama beruvçining tijorat manfaatlarini közlab, muayyan tovar markasi yoki işlab çiqaruvçiga atayin e’tibor qaratadigan mualliflik va tahririyat materiallari ham reklama deb hisoblanişi hamda «Reklama» rukni ostida joylaştirilişi lozim.
Şu sababli ijtimoiy tarmoqlarda reklama materiallarini «Reklama» yoki «Reklama huquqi asosida» kabi aniq belgilar bilan ajratib körsatiş muhimdir.
Bu talab şunçaki rasmiyatchilik emas. U iste’molçiga axborotning asl mohiyatini tuşuniş, reklama beruvçining tijorat manfaatini anglaş va qarorni mustaqil qabul qiliş imkonini beradi.

«100 foiz natija», «eng arzon narx», «bir haftada davolaydi» — bunday va’dalarga işoniş mumkinmi?

Reklama orqali iste’molçining e’tiborini jalb qiliş maqsadida mahsulotning afzalliklarini körsatiş tabiiy. Ammo bu jarayonda uning xususiyatlarini börttirib körsatiş, mavjud bölmagan imkoniyatlarni va’da qiliş yoki muhim ma’lumotlarni yaşiriş mumkin emas.
Masalan:
• «Uşbu vosita barça kasalliklarni davolaydi»;
• «Bir haftada kafolatlangan natija»;
• «Eng arzon narx faqat bizda»;
• «Bu mahsulotning heç qanday kamçiligi yöq»;
• «Bugun xarid qilmasangiz, boşqa bunday imkoniyat bölmaydi».
Agar bunday da’volar işonçli dalillarga asoslanmagan yoki iste’molçini çalğitadigan bölsa, ular qonunçilik nuqtayi nazaridan muammoli reklama hisoblanişi mumkin.
«Reklama töğrisida»gi Qonunning 5-moddasida notöğri (insofsiz, bila turib yolğon) reklama tuşunçasi belgilangan. Unda noaniqligi, bir xil ma’noni anglatmasligi, börttirib yuborilişi yoki muhim ma’lumotlarning yaşirilişi natijasida iste’molçini çalğitadigan yoxud çalğitişi mumkin bölgan reklama nazarda tutilgan.
Şunday ekan, reklamada aytilgan va’dalar şunçaki e’tiborni jalb qiliş uçun işlatilgan iboralar emas, balki işonçli ma’lumotlarga asoslangan bölişi kerak.

Çegirma va aksiyalar: xarid qilişga şoşilmang!

Ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalarda «50 foiz çegirma», «faqat bugun», «oxirgi 3 dona», «bepul yetkazib beriş» kabi takliflar köp uçraydi.
Bunday takliflar iste’molçida imkoniyatni boy berib qöyiş xavotirini uyğotadi va uni tezroq xarid qilişga undaydi.
Ammo xarid qilişdan avval quyidagi savollarga javob topiş lozim:
• Çegirma haqiqatan ham mavjudmi yoki avvalgi narx sun’iy ravişda oşirilganmi?
• Aksiya qaysi muddatgaça amal qiladi?
• Taklifdan foydalaniş uçun qöşimça şartlar bormi?
• Yetkazib beriş, örnatiş yoki boşqa xizmatlar uçun alohida haq olinadimi?
• E’lon qilingan narx barça xaridorlar uçun amal qiladimi?
Ayniqsa, sovrinli öyinlar va rağbatlantiruvçi aksiyalarda iştirok etiş şartlarini oldindan örganiş zarur. Qonunçilikda bunday aksiyalarni ötkaziş bilan boğliq alohida talablar ham belgilangan.
Esda tuting: şoşilinç xarid qilişga undayotgan reklama sizning öylab köriş va töğri tanlov qiliş huquqingizni çeklamasligi kerak.

Reklama sabab aldanib qolsangiz, nima qiliş kerak?

Aytaylik, siz ijtimoiy tarmoqdagi reklama asosida maişiy texnika sotib oldingiz. Reklamada mahsulotning barça imkoniyatlari körsatilgan, sifatiga kafolat berilgan. Ammo mahsulotni olganingizdan söng uning reklamada aytilgan xususiyatlarga ega emasligi yoki muhim kamçiliklari borligi ma’lum böldi.
Bunday vaziyatda iste’molçi öz huquqlarini himoya qiliş imkoniyatiga ega.
Özbekiston Respublikasining «Iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi Qonunining 4-moddasiga muvofiq, iste’molçi tovar (iş, xizmat), şuningdek, işlab çiqaruvçi, ijroçi va sotuvçi haqida töğri hamda töliq ma’lumot oliş huquqiga ega.
Qonunning 7-moddasida esa tovar (iş, xizmat) haqida notöğri yoki yetarli darajada töliq bölmagan ma’lumot berilgan taqdirda iste’molçining huquqlari nazarda tutilgan.
Agar bunday ma’lumot sabab iste’molçi zarur xususiyatlarga ega bölmagan tovarni sotib olgan bölsa, u şartnomani bekor qiliş va yetkazilgan zararning qoplanişini talab qiliş huquqiga ega.
Şu bois, reklama ta’sirida xarid qilganingizdan keyin huquqingiz buzilgan bölsa, quyidagi harakatlarni amalga oşiring:
1. Dalillarni saqlang. Reklama joylaştirilgan post, video, havola, yozişmalar va berilgan va’dalarning skrinşotlarini saqlab qöying. Reklama keyinçalik öçirib yuborilişi mumkin.
2. Xaridni tasdiqlovçi hujjatlarni yiğing. Çek, tölov kvitansiyasi, bank ötkazmasi, buyurtma raqami va sotuvçi bilan yozişmalarni saqlang.
3. Sotuvçiga yozma talab yuboring. Mahsulot yoki xizmat reklamada körsatilgan talablarga javob bermasa, qonunçilikda belgilangan huquqlaringizni amalga oşiriş uçun sotuvçiga murojaat qiling.
4. Vakolatli taşkilotlarga murojaat qiling. Reklamada qonunbuziliş alomatlari mavjud bölsa, Özbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasiga, şuningdek isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlariga murojaat qilişingiz mumkin. Iste’molçi huquqlari buzilgan holatlarda esa sud orqali ham himoyalaniş huquqi mavjud.
Muhim jihati: reklama qonunçiligi buzilganligi bilan mahsulotning nuqsonli çiqişi bir xil huquqiy holat emas. Şu sababli talabni aynan qaysi huquq buzilganiga qarab, reklama qonunçiligi va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisidagi qonunçilik asosida qöyiş lozim.

Xarid qilişdan oldin 7 ta qoidani unutmang!

Ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalardan oqilona foydalaniş va aldanib qolmaslik uçun quyidagi tavsiyalarga amal qiling:
1. Reklama qilinayotgan mahsulot yoki xizmat haqida boşqa manbalardan ham ma’lumot oling.
2. Blogerning maşhurligini mahsulot sifatining kafolati deb qabul qilmang.
3. Reklama beruvçi va mahsulotni sotuvçi şaxs yoki taşkilot haqida ma’lumot tekşiring.
4. Narx, kafolat, yetkazib beriş va qaytariş şartlarini oldindan aniqlaştiring.
5. Asossiz va haddan taşqari jozibador va’dalarga tanqidiy yondaşing.
6. Tölovni amalga oşirişdan avval şartlarni diqqat bilan öqing va xaridni tasdiqlovçi hujjatlarni saqlang.
7. Şubhali takliflarga duç kelsangiz, tekşirmasdan pul ötkazmang va şaxsiy ma’lumotlaringizni begonalarga bermang.

Xulosa örnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi reklama zamonaviy savdo munosabatlarining ajralmas qismiga aylandi. U iste’molçiga yangi mahsulotlar, xizmatlar va qulay takliflar haqida ma’lumot berişi mumkin. Biroq reklamaning asosiy maqsadi mahsulot yoki xizmatga bölgan qiziqişni şakllantiriş ekanini unutmaslik lozim.
Şuning uçun har qanday reklama xabarini tayyor haqiqat sifatida qabul qiliş töğri emas. Iste’molçi axborotni tekşirişi, taqqoslaşi, savollar berişi va faqat işonçli ma’lumotlarga asoslanib xarid qilişi kerak.
Çunki ongli isteʼmolçi — reklamaga şunçaki işonadigan emas, balki uni tahlil qiladigan, öz huquqlarini biladigan va manfaatlarini himoya qila oladigan isteʼmolçidir!

Post Comment