SUYULTIRILGAN GAZ BALLONI YETKAZIB BERILIŞI MASALASI ÖRGANILDI
Toşloq tumanida iste’molçining suyultirilgan gaz ballonini yetkazib beriş keçikayotgani yuzasidan qilgan murojaati mutasaddi taşkilot bilan hamkorlikda örganildi.
Aholiga kommunal xizmatlarni belgilangan tartibda va öz vaqtida körsatiş iste’molçilarning kundalik hayotida muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, tabiiy gaz tarmoği mavjud bölmagan hududlarda yaşovçi xonadonlar uçun suyultirilgan gaz ballonlarining öz vaqtida yetkazib berilişi dolzarb masalalardan biridir.
Toşloq tumani Qumariq mahalla fuqarolar yiğinida istiqomat qiluvçi R. O.ning murojaati ham aynan şu masalaga taalluqli böldi.
Fuqaro 2026-yil 10-noyabr kuni Toşloq tuman iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatiga murojaat qilib, yaşaş hududiga suyultirilgan gaz balloni yetkazib berilişi keçikayotganidan noroziligini bildirgan va amaliy yordam söragan.
Murojaat Toşloq tuman jamiyati tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinib, masalani örganiş maqsadida «Hududgaz Farğona» GTFning Toşloq tumangaz bölimiga rasmiy sörov yuborildi.
Örganiş jarayonida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-avgustdagi 646-son qarori bilan tasdiqlangan suyultirilgan uglevodorod gazini iste’molçilarga yetkazib beriş tizimini takomillaştirişga oid talablar hamda aholiga gaz ballonlarini belgilangan jadval asosida yetkazib beriş tartibiga e’tibor qaratildi.
«Hududgaz Farğona» GTF Toşloq tumangaz bölimi mutaxassislari tomonidan ötkazilgan örganiş natijasida fuqaro xonadoni 2026-yil 10-noyabr kuni tuman hokimligi tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida imtiyozli narxda suyultirilgan gaz balloni bilan ta’minlangani ma’lum qilindi.
Şuningdek, javob xatida suyultirilgan gazdan foydalanuvçi aholi xonadonlari belgilangan tartibda maxsus maişiy gaz ballonlari bilan ta’minlanayotgani, ballonlarga gaz 20 kilogrammdan imtiyozli narxlarda yetkazib berilişi qayd etilgan.
Mazkur ma’lumotlar asosida Toşloq tuman iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyati tomonidan murojaat yuzasidan örganiş işlari yakunlandi. Fuqaroga murojaati qonunçilik doirasida körib çiqilgani va aniqlangan holatlar haqida yozma ma’lumot berildi.
Uşbu holat kommunal xizmatlar körsatişda belgilangan tartib va jadvallarga rioya etiş, iste’molçilarning murojaatlariga öz vaqtida munosabat bildiriş hamda mutasaddi taşkilotlar örtasidagi hamkorlikning ahamiyatini yana bir bor körsatadi.
Eslatib ötamiz, iste’molçilar kommunal xizmatlar körsatişda muammolarga duç kelgan taqdirda, öz huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş maqsadida iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlariga murojaat qilişlari mumkin.



Post Comment