IJTIMOIY TARMOQ ORQALI XARID QILINGAN KAMERA UÇUN TÖLANGAN PUL QAYTARILDI

IJTIMOIY TARMOQ ORQALI XARID QILINGAN KAMERA UÇUN TÖLANGAN PUL QAYTARILDI

Farğona tumanida iste’molçining sifatsiz videokuzatuv kamerasi yuzasidan qilgan murojaati ijobiy hal etildi.

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali turli tovarlarni xarid qiliş odatiy holga aylanib bormoqda. Biroq bunday savdolarda iste’molçilar tovarning sifati, işlaş holati va sotuvçining işonçliligi bilan boğliq muammolarga ham duç kelişi mumkin.

Farğona tumanida istiqomat qiluvçi fuqaro Q. D.ning murojaati ham ana şunday holatlardan biri böldi.

Aniqlanişiça, fuqaro Instagram ijtimoiy tarmoği orqali 69 000 söm evaziga videokuzatuv kamerasi xarid qilgan. Biroq xarid qilingan qurilmaning sifati iste’molçini qoniqtirmagan. Şu sababli u öz noroziligini bildirib, Farğona tuman iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatiga murojaat qilgan.

Murojaat jamiyat xodimlari tomonidan atrofliça örganilib, iste’molçining qonuniy manfaatlarini ta’minlaş yuzasidan amaliy işlar olib borildi.

Örganiş va körilgan çoralar natijasida iste’molçi videokuzatuv kamerasi uçun tölagan 69 000 söm mablağini qaytarib oldi. Mablağ 2026-yil 20-noyabr kuni elektron tölov orqali fuqaroning bank kartasiga ötkazib berilgani hujjatlar bilan tasdiqlangan.

E’tiborlisi, iste’molçi özining yozma bayonotida murojaati yuzasidan amalga oşirilgan işlardan qoniqiş hosil qilganini va bildirilgan talablari qanoatlantirilganini ma’lum qilgan.
Uşbu holat yana bir bor iste’molçilarning ijtimoiy tarmoqlar orqali xarid qilişda ehtiyotkor bölişi, tovarning sifati va sotuvçi haqidagi ma’lumotlarni oldindan tekşirişi zarurligini körsatadi.

Iste’molçilarga tavsiyamiz: internet orqali tovar xarid qilişdan oldin sotuvçi haqidagi ma’lumotlarni tekşiring, tovarning xususiyatlari va kafolat şartlarini aniqlaştiring, tölovni tasdiqlovçi hujjatlarni saqlab qöying. Agar xarid qilingan tovar sifatsiz yoki nuqsonli bölib çiqsa, öz huquqlaringizni himoya qiliş uçun tegişli taşkilotlarga murojaat qilişdan çöçimang.

Zero, iste’molçi huquqlarini himoya qiliş — qonuniy manfaatlarni ta’minlaş va har bir fuqaroning xariddan munosib natija olişiga kömaklaşiş demakdir.

Post Comment