Iste’molchilarning huquq va majburiyatlarini targ‘ib qilish bo‘yicha tadbirlar tizimli asosda o‘tkazib borilmoqda

Iste’molchilarning huquq va majburiyatlarini targ‘ib qilish bo‘yicha tadbirlar tizimli asosda o‘tkazib borilmoqda

Uchko‘prik tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan 37-umumta’lim maktabida tashkillangan tadbir “Iste’molchi kim? Uning huquq va majburiyatlari nimalardan iborat?” degan mavzuni o‘z ichiga oldi.

Tadbir tashkilotchilari yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berdilar. Xususan, iste’molchi kim, u qanday huquq va majburiyatlarga ega, huquqlari poymol bo‘lgan taqdirda o‘z huquqlarini himoya qilish uchun qanday harakatlarni amalga oshirishi kerak, zarur hollarda kimga yoki qaerga murojaat qilish mumkin kabi masalalarga alohida to‘xtalib, batafsil tushuntirishlar berildi.

Ishtirokchilar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olish barobarida, turmushlari va faoliyatlarida duch kelayotgan muammolar yuzasidan huquqiy maslaxatlar ham olishdi.

Tadbirda tumanimizga tajriba almashish maqsadida tashrif buyurgan Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi A. No‘’monov va mutaxassis S. Hafizovlar ham ishtirok etdilar.

Nargizaxon Sheralieva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment