Tibbiyot muassasasida tadbir o‘tkazildi

Tibbiyot muassasasida tadbir o‘tkazildi

Quva tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan tuman Shoshilinch tibbiy yordam markazida iste’molchilik huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari yuzasidan targ‘ibot tadbiri tashkillandi.

Tadbirda hududiy birlashma sektor boshlig‘i G‘.Mamatqulov va tuman jamiyati raisi A.Xamidovlar tomonidan amaldagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun va qonunosti me’yoriy hujjatlarining mazmun-mohiyati, mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, mazkur jarayonda Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi organlarining tutgan o‘rni va roli xususida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Tadbir doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar ham qaytarildi.

Feruza Umurzaqova
Quva tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment