Bankda mayda pul masalasida muammolar yo‘q || Mutaxassis izoxi
Mazkur video USAGM Workshops in Uzbekistan loyihasi doirasida «Savdo va xizmat sohasida naqd pul muomalasi: cheklanishlar va yo‘qotishlar» mavzusi uchun tayyorlandi.
Ma’lumki, bugungi kunda tovar (ish, xizmat)lar haqini to‘lashda naqd pulsiz ko‘rinishdagi to‘lovlarning shakllari va ularning umumiy to‘lovlardagi ulushi kundan-kunga ortib bormoqda. Lekin mamlakatimizda naqd pulli asosdagi hisob-kitoblar hali-hanuz dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q.
Xo‘p, shunday ekan, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida oldi-sotdi amalga oshirilgach (xizmatlar ko‘rsatilgach) qaytim qaytarish uchun mayda pullar yetarlimi? Yetarli bo‘lsa, nega joylarda qaytimni pul (tanga) bilan emas, balki turli tovarlar (saqich, konfet, gugurt, qurut, tabletka) bilan hisob-kitob qilish hollari uchrab qolmoqda. Tijorat banklarida o‘z mijozlari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni qaytim uchun mayda pul bilan ta’minlashda muammolar mavjudmi?
Biz shu masalaga aniqlik kiritish uchun ATB Kapitalbank Farg‘ona filiali mas’ul xodimi bilan suhbatlashdik.
– Biz mijozlarimizning ularga kerakli summada mayda pullar bilan ta’minlab berish imkoniyatiga egamiz, – deydi ATB Kapitalbank Farg‘ona filiali bosh hisobchisi Ulug‘bek Shakirov biz bilan suhbatda, – Agar mijozga kattaroq miqdordagi summada mayda pul zarur bo‘lsa va o‘zimizda ushbu summaga loyiq mayda pul bo‘lmasa, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasiga buyurtma berib, mijozning bu boradagi talabini tezlikda qondirish imkoniyatiga egamiz.
G‘ayrat Mamatkulov
Hududiy birlashma Axborot xizmati rahbari,
mustaqil tadqiqotchi
Post Comment