Qaytim uchun mayda pul yetishmovchiligining sabablari nimada? || Mutaxassis izoxi
Ma’lumki, bugungi kunda tovar (ish, xizmat)lar haqini to‘lashda naqd pulsiz ko‘rinishdagi to‘lovlarning shakllari va ularning umumiy to‘lovlardagi ulushi kundan-kunga ortib bormoqda. Lekin mamlakatimizda naqd pulli asosdagi hisob-kitoblar hali-hanuz dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q.
Xo‘p, shunday ekan, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida oldi-sotdi amalga oshirilgach (xizmatlar ko‘rsatilgach) qaytim qaytarish uchun mayda pullar yetarlimi? Yetarli bo‘lsa, nega joylarda qaytimni pul (tanga) bilan emas, balki turli tovarlar (saqich, konfet, gugurt, qurut, tabletka) bilan hisob-kitob qilish hollari uchrab qolmoqda. Biz shu masalaga aniqlik kiritish uchun Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasiga tashrif buyurdik va mutaxassisdan savollarimizga javob oldik.
G‘ayrat Mamatkulov
Hududiy birlashma Axborot xizmati rahbari,
mustaqil tadqiqotchi
Post Comment