Quvasoyda yana bir ta’lim muassasasida tadbir tashkillandi
Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan 20-umumta’lim maktabi xodimlari o‘rtasida ham “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni o‘rganamiz” mavzusi ostida targ‘ibot tadbiri tashkillandi.
Tadbirda ishtirokchilarga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati, bugungi kunda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.
Tadbir doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan javoblar qaytarildi.
Axadjon Rasulov
Quvasoy shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment